Bosh sahifaGoʼzallikPriyanka Chopra, Kim Kardashyan va dunyoga mashhur boshqa ayollarning go‘zallik sirlari (foto)

Priyanka Chopra, Kim Kardashyan va dunyoga mashhur boshqa ayollarning go‘zallik sirlari (foto)


Eng yaxshi muolajalar va samarali vositalardan foydalanishdan avval ko‘pincha dunyoga mashhur ayollarning go‘zallik bobidagi maslahatlariga quloq tutamiz. Yulduzlarning kasbi hamisha mukammal ko‘rinishni talab qiladi, shuning uchun ham ularning go‘zallik tavsiyalariga amal qilish foydalidir, deb yozadi Harper’s Bazaar Kazakhstan.

Margo Robbi

Priyanka Chopra, Kim Kardashyan va dunyoga mashhur boshqa ayollarning go‘zallik sirlari (foto)Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Yaqinda aktrisa mo‘jizaviy qurilma uning terisini mukammal ko‘rinishiga yordam berishini ma’lum qildi: “Men massaj va tebranishlarga asoslangan yoshartiruvchi qurilmadan foydalanaman. Bu haqiqatan ham yordam beradi. Qasam ichamanki, buning uchun menga hech kim pul to‘lamaydi”. Gadjet elastin va kollagen ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu esa teri qarishiga qarshi eng samarali vositalardan biri hisoblanadi.

Sofi Terner

Foto: Pinterest

“Taxtlar o‘yini” yulduzining so‘zlariga ko‘ra, uning go‘zallik borasida sirlari juda oddiy.  Sofi faqat ikkita kosmetik mahsulotdan foydalanadi: mitsellyar suv va iS CLINICAL tozalovchi vositasi. Yallig‘lanishga qarshi va oziqlantiruvchi o‘simlik yog‘lari tufayli mahsulot teriga zarar yetkazmasdan chuqur tozalaydi.

Kendall Jenner

Foto: Pinterest

Taniqli model Avene Cold Cream mahsuloti yordamida lab qurishiga qarshi kurashadi. Lab bo‘yog‘i terini yaxshi holatda saqlaydi va namlantiradi.

Megan Markl

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Sasseks gersoginyasining to‘y makiyajini yaratgan Daniyel Martinning aytishicha, uning yorqin terisining siri Eucerin Aquaphor deb nomlanuvchi qayta tiklovchi balzamdadir. Mashhur vizajist kremni yuzning yuqori nuqtalarida yoritgich sifatida ishlatadi va ustiga Dior xaylayterini qo‘llaydi.

Viktoriya Bekhem

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Dizayner ko‘proq Osea tana moylarini yaxshi ko‘radi. Viktoriya uni dush qabul qilgandan keyin darhol nam badanga qo‘llashni tavsiya qiladi. Bundan tashqari, to‘rt farzandning onasi Lancer Skincare va Dr.Barbara Sturm brendi mahsulotlaridan ham foydalanadi.

Amal Kluni

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Venetsiya kinofestivalida qizil yo‘lakka chiqishdan oldin vizajist Sharlotta Tilberi Amal Klunining yuziga Charlotte Tilbury quruq niqobini qo‘lladi. U ajinlarni tekislaydi, terini yorqinlashtiradi va namlaydi.

Kim Kardashyan

Foto: Pinterest

Kim Kardashyan shunchaki qarishga qarshi Guerlain Orchidée Impériale Rich kremidan muntazam foydalanadi.

Rozi Xantington-Uaytli

Foto: Pinterest

“Jeyms Read Night tungi yuz niqobi men ishlatgan eng yaxshi kosmetik mahsulotdir”, — deydi model.

Priyanka Chopra

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

Aktrisa 111SKIN yuz niqobiga oshiq. “Men uni har kuni qo‘llayman. Bu makiyajdan oldin foydalanadigan birinchi narsa”.

Emili Ratakovski

Foto: Harper’s Bazaar Kazakhstan

“Men terimning namlanishini istasam, kechasi Aquaphor kremini surtaman. Bu terini tarang va elastik qiladi. Ushbu mahsulot sayohat paytida, albatta, bo‘lishi shart”, — deydi Emili.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!