Bosh sahifaMaslahatlarPishloqni shakar bilan, avokadoni piyoz bilan: oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha g‘ayrioddiy layfxaklar (foto)

Pishloqni shakar bilan, avokadoni piyoz bilan: oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha g‘ayrioddiy layfxaklar (foto)


Ko‘pincha do‘konga ro‘yxat bilan borilsa-da, keragidan ortiqcha xarid qilinadi. Uyga qaytgach, ularni ko‘proq vaqt davomida yaxshi holatda saqlash kerak, aks holda ular yaroqsiz holga kelishi mumkin. Lekin har doim hamma narsa imkon qadar uzoq vaqt davomida saqlanishi uchun eng mos sharoitlarni yaratishga harakat qilish mumkin. AdMe nashri oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash bo‘yicha ko‘pchilik uchun g‘alati tuyilishi mumkin bo‘lgan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Pishloq shakar qand bo‘laklari bilan birga idishda uzoq vaqt davomida yaxshi saqlanadi. Chunki shakar bo‘laklari pishloqdagi namlikni  oladi. Agar ular erigan bo‘lsa, yangisiga almashtirish mumkin. Shuningdek, pishloqlarni pergament qog‘ozga ham o‘rab qo‘yish mumkin, bu usul ham pishloqqa havo kirishiga va ortiqcha namlikni o‘ziga olmasligiga yordam beradi.

Foto: AdMe

Qovoqchani sotib olingandan so‘ng darhol yuvmaslik kerak, buni faqat pishirishdan oldin amalga oshirgan yaxshi. Ungacha qovoqchalarni quruq holda saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Pechenyelar havo o‘tkazmaydigan idishda saqlansa, uzoq vaqt davomida ham yumshab qolmaydi.

Foto: AdMe

Ko‘katlarni yangidek saqlash uchun ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri muzlatkichda, suvli idishda saqlash tavsiya etiladi. Bundan tashqari, uning yuzasini qopqoq bilan yopish mumkin. Yana bir usul — ko‘katlarni nam qog‘oz sochiqlarga bir qatlamda yoyib, muzlatkichga qo‘yiladi.

Foto: AdMe

Ochilgan konserva mahsulotlarini muzlatkichga qo‘yish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, uni yopiladigan boshqa idishga o‘tkazish va muzlatkichga qo‘yish kerak. Yoki konserva idishini silikon qopqoqlar bilan yopish kifoya.

Foto: AdMe

Hali pishmagan pomidorlarning po‘chog‘ini pastga qarab qo‘yish va xona haroratida saqlash kerak.

Foto: AdMe

Agar bananlar ilgakka yoki ipga osib qo‘yilsa, banan uzoqroq sariq rangda qoladi. Ushbu holatda banan tarkibidagi pishishni tezlashtiradigan etilen gazi sekinroq harakat qiladi.

Foto: AdMe

To‘g‘ralgan bodring ko‘p bo‘lsa, ularni suvli idishga solib, muzlatkichga qo‘yish tavsiya etiladi. Natijada ular uzoq vaqt davomida yangidek saqlanadi.

Foto: AdMe

Kesilgan avakadoni bir necha kun davomida yangi saqlash uchun uni muzlatkichda piyoz bo‘lagi bilan bir idishda saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Limonni muzlatkichda qadoqlangan plastik paketda saqlash mumkin.

Foto: AdMe

Qulupnay avval oq sirka va suvning 1:3 nisbatidagi eritmasiga biroz muddatga namlansa, uzoq vaqt davomida o‘zining yangi holatini saqlab qoladi. Ammo yuvilgan qulupnaylar yaxshilab quritilishi lozim, so‘ngra muzlatkichga qo‘yiladi.

Foto: AdMe

Yangi qo‘ziqorinlarni muzlatkichda qog‘oz xaltada saqlash lozim. Qolaversa, namlikni kamroq to‘plashi uchun xaltaning tagiga qog‘oz sochiq qo‘yish mumkin.

Foto: AdMeManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!