Bosh sahifaSalomatlikBritaniyalik erkak koronavirusdan 411 kun deganda tuzaldi

Britaniyalik erkak koronavirusdan 411 kun deganda tuzaldi


Buyuk Britaniyaning 59 yoshli fuqarosi 411 kun davomida koronavirus kasalligidan davolandi, deb xabar bermoqda “Pravila jizni” nashri.

Qayd etilishicha, kasallikdan oldin bemorning immuniteti zaiflashgan, bundan tashqari, u buyrak transplantatsiyasidan omon qolgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zining kasallik tarixi tufayli u Buyuk Britaniyada va balki butun dunyo bo‘ylab kasallikdan sog‘ayganlar orasida rekord o‘rnatgan.

Foto: “Yandeks.ru”

Britaniyalik fuqaro 2020-yilning dekabr oyida koronavirusga chalingan. Tekshiruvlar simptomlar yo‘qolganiga qaramay, joriy yilning yanvar oyigacha organizmda infeksiya mavjudligini ko‘rsatdi. Shifokorlar bemorda Uxandan kelgan COVID-19 shtammining dastlabki varianti borligini aniqladi. Britaniyalik fuqaro “Regeneron” yordamida davolandi, dori vositasi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga kasallikni yengishida yordam bergan.

Bundan tashqari, 59 yoshli erkak 505 kun davomida koronavirus bilan kasallangan va oxir-oqibat vafot etgan bemorning ahvolini kuzatgan shifokorlar tomonidan davolangan.

Mavzuga doir: 

  • Koronavirus bilan qayta kasallanganda nima qilish kerak: kasallikni osonroq yengish va organizmni tezroq tiklashning 4 usuli.
  • Koronavirus va tromblar: xavfli asoratning dastlabki belgilari.
  • Koronavirus oshqozonosti bezi hujayralarining “taqdirini o‘zgartirib yuboradi” — olimlar.
  • Olimlar koronavirus yuzaga keltiradigan yangi xavfni ma’lum qildi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!