Bosh sahifaSalomatlikUyquchanlik bilan qanday kurashish mumkin?

Uyquchanlik bilan qanday kurashish mumkin?


Ayiqlar qishdagina uxlaydi, ammo megapolislarda yashovchi zamonaviy odamlar uchun uyquchanlik holati butun yil davomida odatiy holdir. Doimiy shoshilish va ish kunining tez o‘tishi tufayli odam tobora ko‘proq holsiz bo‘lib qoladi.

Uyqu, aniqrog‘i, uning kamligi tark etmas fikrga aylanadi. Har kuni uyg‘oniboq, yana kech kirishini istaydiganlar diqqatiga muammoni hal qilishga kompleks tarzda yondashish vaqti keldi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Uyquchanlik sabablari

Mavsumiy sabablarga qo‘shimcha ravishda, doimiy uyqu istagini keltirib chiqaradigan bir qator boshqa omillar ham mavjud. Ulardan ba’zilari turli kasalliklar, uyquga vaqt yetishmasligi, psixologik muammolar, dori-darmonlarni qabul qilishning nojo‘ya ta’siri, kislorod yetishmasligi, suvsizlanish, homiladorlikdir.

Uyquchanlikdan qanday qutulish mumkin?

Avval sababni aniqlash kerak. Shifokorga tashrif buyurib, doimiy holsizlik ortida nima borligini tushunishga yordam beradigan tekshiruvlardan o‘tish lozim. Agar sog‘liq bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, unda quyidagilar tavsiya etiladi.

Birinchidan, kundalik tartibni o‘zgartirish. Har kuni bir vaqtning o‘zida uxlashga yotish va bir vaqtning o‘zida uyg‘onishga harakat qilish lozim. Kuniga kamida yetti soat uxlashga harakat qilish kerak. Bu vaqt dam olish va organizmni tiklash uchun optimal hisoblanadi.

Iloji bo‘lsa, yotishdan oldin sayr qilish kerak. Bu orqali organizmni kislorod bilan to‘yintirish mumkin, uning yetishmasligi uyquchanlikning sabablaridan biri bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun muntazam ravishda joylashgan xonalarni ventilyatsiya qilishni unutmaslik lozim. Bundan tashqari, yurish tezroq uxlab qolishga yordam beradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.

Ratsioningizni o‘zgartirish tavsiya etiladi. Kuzda u ayniqsa xilma-xil bo‘lishi va oqsil, yog‘, uglevod va yetarli miqdorda vitamin va mikroelementlarning kombinatsiyasini o‘z ichiga olishi kerak. Bundan tashqari, suv haqida unutmaslik juda ham muhim, organizmda yetarlicha suyuqlik bo‘lishi kerak. Spirtli ichimliklarni esa ratsiondan chiqarish shart.

Uyquchanlikning sabablaridan biri depressiya bo‘lishi mumkin. Bunga professionallar bilan uchrashuvlar yoki hayotdagi o‘zgarishlar yordam beradi. Kundalik hayotga ko‘proq rang qo‘shish — yorqin kiyim kiyish, do‘stlar bilan uchrashish, ko‘ngilochar tadbirlarga borish tavsiya etiladi. Muhimi depressiya sababini topish va undan xalos bo‘lish kerak.

Nima darhol hayotga qaytarishi mumkin?

Qahva, shakar, energetik ichimliklarni me’orida ichish energiyani kuchaytirishi mumkin. Tabiiyki, ularga vaqti-vaqti bilan murojaat qilish yaxshiroq.

Mashqlarni bajarish, harakatda bo‘lish, yoqtirgan mashg‘ulotni bajarish lozim. Muhimi harakatsizlikdan qochish kerak. Bu o‘z-o‘zidan uyuqchanlikni keltirib chiqaradi.

Toza havo. Tanaffus qilish va kamida besh daqiqa tashqariga chiqish, to‘yib-to‘yib nafas olish kerak. Bu uyquchanlikka qarshi kurashishda yordam beradi.

Faoliyatning o‘zgarishi. Monotoniya — tetiklikning eng yomon dushmani. Uzoq vaqt davomida bir holatda o‘tirish, albatta, yaxshi emas. Qisqa tanaffus qilish va organizmda qon aylanishi uchun oddiy yengil mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!