Bosh sahifaAyollar uchunEndi urfda emas: har qanday obrazga putur yetkazadigan shapka modellari (foto)

Endi urfda emas: har qanday obrazga putur yetkazadigan shapka modellari (foto)


Sovuq mavsum boshlanishi bilan hamma issiqroq kiyinishga harakat qiladi. Shapkalar esa nafaqat zarurat, balki moda aksessuari hamdir. To‘g‘ri, ular orasida eskirgan modellar ham bor. Ularni kiyish obrazga putur yetkazishi ham mumkin. Marie Claire nashri urfdan qolgan shapka modellarini taqdim etib, ayollar uchun o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Foto: Marie Claire

Bir necha yillar avval toshlar bilan bezatilgan shapkalar urfga kirgan edi. Ammo oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, ular tendensiyaga aylanmadi. Shunchaki bugungi kunda toshli yoki boshqa bezakli shapkalar kiyish didsizlikning bir belgisi bo‘lib qolmoqda. Imkon qadar shapka xarid qilganda bezaklarsiz modellar tavsiya etiladi.

Foto: Marie Claire

Sport shapkalari urfdan qolmasligi aniq. Ammo ularni faqat sport kiyimlari bilangina uyg‘unlashtirib, mashg‘ulot davomida kiyish mumkin. Masalan, yugurishga chiqqan vaqtda. Lekin ushbu modelni kundalik hayotda kiyish tavsiya etilmaydi.

Foto: Marie Claire

Qaytarmasiz shapkalarga ham yuqoridagi holat tegishli bo‘lib, faqat bunda bezaklar emas, balki qulaylik rol o‘ynaydi. Odatda bunday modeldagi shapkalar hammaga ham mos kelavermaydi. Yoki peshona qismidan tez tushib ketishi bilan noqulaylik tug‘diradi.

Foto: Marie Claire

Yirik yozuvli shapka modellari allaqachon antitrend ro‘yxatidan o‘rin olgan. Ushbu mavsumda brend logotipi tushirilgan shapkalarni xarid qilish tavsiya etilmoqda.

Foto: Marie Claire

Yupqa trikotaj shapkalarning orqa qismi uzun. U o‘tgan o‘n yillikda urfda edi. Ammo bugungi kunda ushbu modeldagi shapkalar shunchaki “Oppog‘oy va 7 gnom” multfilmidagi gnomlarni yodga soladi.

Foto: Marie Claire

Odatda turk seriallari namoyish etilganda urfga kirgan turban shapkalari ham urfda emas. Ularni uy ichida kiyish yoki yosh qizaloqlarga kiydirish mumkin.

Foto: Marie Claire

Ushbu modeldagi shapkalar hozircha bolalar uchun ishlab chiqarilmoqda. Kattalar esa allaqachon garderobdan bu modeldagi shapkalarni chiqarib tashlagan.

Foto: Marie Claire

Odatda bunday yorqin rangli shapkalar bilan obraz yaratish biroz qiyin. Buning uchun shu rangga yaqin kurtka yoki etik kiyish lozim. Qolaversa, bu kabi ranglar hamma ayollar uchun ham, ayniqsa, qish faslida mos kelmasligi mumkin.

Foto: Marie ClaireManba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!