Bosh sahifaMaslahatlarSochiqlarni yuvishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Sochiqlarni yuvishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar


Sochiq kun davomida bir necha marta ishlatiladi, shuning uchun ular tez-tez yuviladi. Ammo ularni yuvishda ko‘pchilik xatoga yo‘l qo‘yadi. “Lisa.ru” nashri ularning bir nechtasini eslatib o‘tdi.

Foto: “Lisa.ru”

Issiq suvda yuvish

Issiq suv oq matolardagi dog‘larni olib tashlash uchun foydalidir, lekin sochiq bo‘lsa, aksincha, zararli. Bunday yuvishdan keyin uning rangi o‘chadi, xiralashadi va yumshoq mato qattiqlashadi. Sochiqlarni yuvishda 60 darajadan yuqori bo‘lmagan harorat rejimidan foydalanish tavsiya etiladi.

Boshqa kiyimlar bilan yuvish

Kir mashinasining barabaniga sochiqni boshqa narsalar yoki choyshab bilan qo‘ymaslik zarur. Tugma, metall zamok, dekorativ elementlar matoni tortib olishi va hatto yirtib tashlashi mumkin. Shuningdek, mashinani 2/3 dan ortiq yuklamaslik lozim. Qurilma to‘la bo‘lsa, yuvish sifati yomonlashadi.

Yuvishdan oldin dog‘larni tozalab olmaslik

Bu xato oshxona sochiqlarini tozalashda sodir bo‘ladi. Matoda har doim yog‘ sous, o‘simlik moyidan qolgan dog‘lar bo‘ladi. Ularni tozalash juda qiyin va kir mashinasida yuvish mumkin emas. Kir yuvish sovuni va kislorodli oqartirgichlar dog‘lar bilan kurashishga yaxshi yordam beradi.

Kir yuvish kukunini ko‘p solish

Ko‘p narsa har doim ham yaxshi degani emas. Kir yuvish uchun ko‘rsatilganidan ko‘p mahsulot solmaslik lozim. Kukun tolalarga kiradi va yaxshi yuvilmaydi. Agar doimiy ravishda qo‘shimcha yuvish sikli ishlatilsa, material tezroq eskiradi.

Konditsionerdan foydalanasizmi?

Konditsioner sochiq matosiga salbiy ta’sir qiladi. Sochiq qattiqlashadi, namlikni yutishi yomonlashadi. Yumshoqlik uchun bolalar buyumlari konditsioneri yoki oshxona sirkasidan foydalanish yaxshiroq.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!