Bosh sahifaSalomatlikYosharib borayotgan insult: bolalarda insultning sabablari, o‘ziga xos xususiyatlari, turlari va belgilari

Yosharib borayotgan insult: bolalarda insultning sabablari, o‘ziga xos xususiyatlari, turlari va belgilari


Insult miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi bo‘lib, u to‘satdan nevrologik belgilarning paydo bo‘lishi orqali tavsiflanadi. Nevropatolog Saida Axmetova bolalarda insultning o‘ziga xos xususiyatlari, turlari, belgilari va oldini olish haqda so‘z yuritdi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: Pinterest

Insultning qanday turlari mavjud?

Insultning ikki turi mavjud — ishemik va gemorragik. Ishemik insult — miyadagi qon tomiriga tromblar tiqilib qolishi, gemorragik esa miyaga qon quyilishidir. Kasallik bolaning tug‘ilish paytida ham, kattaroq yoshida ham kuzatilishi mumkin. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda gemorragik va ishemik insult bir xil chastotada sodir bo‘ladi.

Bolalarda insultning sabablari

Kichik yoshdagi bolalarda bunday kasallikning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin.

  • onaning homiladorligidagi murakkab holatlar;
  • ichki gipoksiya;
  • tug‘ma yurak nuqsonlari;
  • miyadagi o‘zgarishlar (arteriovenoz malformatsiyalar, anevrizmalar).
Qon ivishi tizimining buzilishi, turli genetik kasalliklar, virusli yoki bakterial meningit bilan kasallangan bolalarga insult tahdid soladi. Bir oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda yillik kasallanish darajasi 100 000 kishiga 6-13 holatni, kattalar aholisida esa 100 000 kishiga 175-200 nafarni tashkil qiladi. Ushbu kasallikning turlari 5 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan bemorlar o‘limining o‘nta asosiy sabablaridan biridir.

Bolada insultning belgilari

Ko‘pincha migren yoki epileptik xuruj bolalarda dastlabki tashxis sifatida namoyon bo‘ladi. Kasallikka hamroh bo‘lgan belgilari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • ongning buzilishi;
  • ko‘ngil aynishi;
  • qayt qilish;
  • kuchli bosh og‘rig‘i;
  • nutqda chalkashlik;
  • ko‘rish qobiliyatining pasayishi;
  • organizmning bir tomonidagi oyoq-qo‘llarda zaiflik.
Bolalarda insult qanday aniqlanadi?

Insultning diagnostikasi miyaning KT va MRT yordamida amalga oshiriladi. KTdan foydalanish kasallikning tabiatini aniqlashga yordam beradi va angiografik rejim bilan MRT kasallikning dastlabki bosqichlarida qon tomirlarining shikastlanishini ham aniqlashi mumkin. Ushbu usullar bilan bir qatorda, laboratoriya testlari majburiy diagnostika obyektidir: to‘liq leykotsitlar formulasi va eritrotsitlar cho‘kish tezligi bilan klinik qon tekshiruvi, D-dimerni, gomosistein darajasini, lipid metabolizmini va qon ivishini aniqlash bilan kengaytirilgan koagulogramma, gemoglobin.

Bolalarda insultning qanday oqibatlari qoladi?

Pediatrik insult nogironlik patologiyasi bo‘lib, uni boshdan kechirgan bolalarning 60-90 foizida doimiy yoki umrbod nevrologik nuqsonlar, neyropsixiatrik kasalliklar, kognitiv va xatti-harakatlarning buzilishi, 33 foiz bolalarda epilepsiya rivojlanadi.

Ko‘pgina bemorlarda takroriy insult xavfini oshiradigan va bemorning faol reabilitatsiyadan o‘tish qobiliyatini cheklaydigan qo‘shimcha kasalliklar mavjud. Bolalikda insultdan o‘lim 10 foizgacha, takrorlanish xavfi 20 foizni tashkil qiladi.

Bolalarda insultning oldini olish mumkinmi?

Bolalarda insultning birlamchi profilaktikasi mavjud emas. Kasallikka moyil bo‘lgan bolani sog‘lom tengdoshidan ajratib bo‘lmaydi. Albatta, birinchi navbatda, xurujning asosiy sababini topish kerak: agar siz barcha mumkin bo‘lgan xavflar ma’lum bo‘lsa, ikkilamchi profilaktikani amalga oshirish osonroq bo‘ladi. U bola uchun individual ravishda tanlanadigan dori terapiyasi, B vitaminlari (foliy kislotasi, B6 va B12 vitaminlari) tayinlashni, temir tanqisligi anemiyasini tuzatishni, parhez terapiyasini, o‘rtacha jismoniy faoliyatni o‘z ichiga oladi.

Bolalarda insultdan keyin tiklanishni qanday tezlashtirish mumkin?

Ota-onalarning to‘g‘ri va tezkor reaksiyasi bilan reabilitatsiya va dori terapiyasi orqali bolaning sog‘lig‘ini to‘liq tiklash mumkin. Ijobiy natijaga erishish uchun to‘g‘ri jismoniy faollik, fizioterapiya mashqlari va nevrologning kuzatuvi zarur.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!