Bosh sahifaSalomatlikNima uchun ertalab ko‘ngil aynishi kuzatiladi?

Nima uchun ertalab ko‘ngil aynishi kuzatiladi?


Ertalab uyg‘onishning qiyinligi bilan birga boshqa noxush daqiqalar ham mavjud. Bularga ko‘ngil aynishi kiradi. Bu holatga ko‘p narsalar sabab bo‘lishi mumkin. Wday nashri ertalabda kuzatiladigan ko‘ngil aynishi haqda so‘z yuritdi.

Foto: Wday

Ertalab ko‘ngil aynishi sabablari

Dastlab ko‘ngil aynishi qanchalik tez-tez sodir bo‘lishini aniqlash kerak. Agar hodisa bir marta yuz bersa, u o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi va xavotirlanishga o‘rin yo‘q. Agar noqulaylik muntazam ravishda yuz bersa, uning paydo bo‘lish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • yotishdan oldin ortiqcha ovqatlanish;
  • dori-darmonlarni qabul qilishning nojo‘ya ta’siri;
  • oziq-ovqat, spirtli ichimliklar va boshqa zaharlanish natijasida organizmning intoksikatsiyasi.
Oshqozon-ichak trakti kasalliklari ko‘pincha ertalab ko‘ngil aynishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holda qo‘shimcha alomatlarga e’tibor berish kerak:
  • og‘izda achchiq ta’m hissi;
  • qorin dam bo‘lishi va meteorizm;
  • qorinda og‘irlik, achishish, og‘riq;
  • jig‘ildon qaynashi.
Gipertoniya, gipotoniya, bosimning keskin o‘zgarishi, yurak-qon tomir patologiyasi. Bunday holda, bosh yoki yurak og‘rig‘i parallel ravishda paydo bo‘ladi, nafas qisilishi, qayt qilish kuzatilishi mumkin.
  • Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir og‘riqlar bilan birgalikda qayt qilishga aylangan ko‘ngil aynishi o‘tkir appenditsitning alomatidir.
  • Ayollarda ertalab ko‘ngil aynishi homiladorlik belgilaridan biridir.
  • Endokrin tizimning, xususan, qalqonsimon bezning buzilishi ham ushbu alomat bilan birga kuzatiladi.
  • Depressiya, vahima kabi ba’zi psixologik va ruhiy holatlar ertalabki ko‘ngil aynishi bilan boshlanishi mumkin.
Ko‘ngil aynishiga nima sabab bo‘lishidan qat’i nazar, bu holatni qarovsiz qoldirmaslik kerak.

Ertalabki ko‘ngil aynishi bilan kurashish

Ko‘ngil aynishiga qarshi kurashish uchun uni keltirib chiqaradigan sabablarni bartaraf etishga harakat qilish kerak. Buning uchun quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi:

  1. Oziqlanishni me’yorlashtirish. Kechki ovqatni yotishdan 2,5 soat oldin kechiktirmasdan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Yog‘li, shirin, achchiq va sho‘r ovqatlardan saqlanish lozim. Aks holda ichaklarda fermentatsiyani keltirib chiqarish xavfi tug‘iladi, bu esa uyg‘ongandan keyin ko‘ngil aynishiga olib keladi. Muammo allaqachon mavjud bo‘lsa, limon sharbati yoki olma sirkasi qo‘shilgan suv ichish mumkin.
  2. Agar dori-darmonlar qabul qilish tufayli ushbu holat kuzatilsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur. Dozani yoki rejimni o‘zgartirish ko‘ngil aynishiga qarshi kurashishga yordam berishi mumkin.
  3. Zaharlanishda ko‘ngil aynishini to‘xtatmasdan, aksincha, qayt qilishni qo‘zg‘atish kerak. Keyin suv bir qoshiq asal qo‘shish, limon sharbati yoki quritilgan mevali kompot ichish mumkin.
  4. Yalpiz, zanjabil, limonli shakarsiz choy — bu holat bilan kurashishning ajoyib usuli.
  5. Shamollatilgan xonada ertalabki mashqlar organizmni kislorod bilan to‘yintiradi va yoqimsiz simptomlarni yengillashtiradi.
  6. Quloq, bilaklar va ko‘rsatkich barmoqlarini massaj qilish umumiy holatni yaxshilaydi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!