Bosh sahifaSalomatlikTuxum iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Tuxum iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?


Tuxum oqsilning ajoyib manbai bo‘lib, go‘shtdan farqli o‘laroq, organizm tomonidan tezroq va osonroq hazm bo‘ladi va qo‘shimcha ravishda butun kun davomida energiya beradi. Shuning uchun ko‘pchilik nonushta uchun yorma yoki sendvich o‘rniga tuxum iste’mol qilishni afzal ko‘radi. Xo‘sh, ushbu sevimli mahsulotning qanday foydali va zararli tomonlari bor? Elle nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: Elle

 

Tuxumning foydali tomonlari:

  • tuxum iste’mol qilish qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi: chunki unda qon tomirlarini kengaytiruvchi arginin mavjud;
  • tuxumda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradigan foliy kislotasi bor;
  • tuxumda xolin mavjud bo‘lib, u miyaga atsetilxolin sintezida yordam beradi (xotira va o'rganish uchun javobgar);
  • tuxumni muntazam iste’mol qilish sog‘lom odamlarda qon tomir disfunksiyasi va yallig‘lanishning kuchayishi xavfini tug‘dirmaydi.
Tuxumning zararli tomonlari:
  • qandli diabet bilan og‘rigan odamlarda xolesterin darajasining yuqori bo‘lish xavfi mavjud (mutaxassis bilan maslahatlashish zarur);
  • ba’zida tuxumni tez-tez iste’mol qilish allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin;
  • tuxumda B7 vitaminining so‘rilishiga to‘sqinlik qiladigan avidin mavjud.
Tez-tez tuxum iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?

Kuniga 1-2 dona tuxum iste’moli unchalik zarar qilmaydi, lekin kundalik ratsionda uning miqdorini ko‘paytirish xolesterin miqdorining oshishiga olib keladi. Shuningdek, yurak urishining tezlashishiga ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun mutaxassislar kuniga 1-2 dona tuxumni nonushtaga iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Tuxumni qay tarzda iste’mol qilish foydali?

Tuxum yumshoq qaynatilganda yaxshi iste’mol qilinadi. Yoki undan omlet tayyorlash mumkin. Faqat kaloriyasi kamroq bo‘lishi uchun tovada kamroq yog‘da qovurilishi kerak.

Shuningdek, pishirishdan oldin tuxumni yuvishni unutmaslik lozim, chunki uning yuzasida ko‘plab mikroorganizmlar bo‘ladi. Bundan tashqari, tuxum xarid qilingunicha qayerda va qanday sharoitda saqlanishi noma’lum.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!