Bosh sahifaMaslahatlarTaom tayyorlashda ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan 7 ta xato

Taom tayyorlashda ayollar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan 7 ta xato


Bunday xatolar nafaqat ko‘plab yangi taom pishiruvchilar, balki katta tajribaga egalar tomonidan ham sodir bo‘ladi. Taomning yanada yoqimli, vaqtni esa samarali o‘tishi uchun ulardan voz kechish tavsiya etiladi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Hattoki yaxshi oshpazlar ham o‘z ishida xato qiladi. Buning sababi nafaqat tekshirilmagan retsept, balki charchoq, e’tiborsizlik yoki shoshqaloqlik ham bo‘lishi mumkin.

Pishirishdan oldin retseptning faqat bir qismi bilan tanishish

Foto: Marie Claire

Har qanday inson yangi taom tayyorlashdan avval faqatgina retseptning bir qismi bilan tanishib chiqadi va darhol ishga kirishadi. Ammo bu yondashuv jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin. Muammo shundaki, ba’zi retseptlar uchun kerakli mahsulotlar pishirish jarayonida ham zarur bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun har qanday retsept bilan to‘liq tanishib, kerakli mahsulotlarni ko‘rib chiqqan holda oshxonadagi jarayonni boshlash tavsiya etiladi.

Oshxona stolida tartibsizlik

Foto: Marie Claire

Tartibsiz ish stolida biror narsa pishirish bir qancha muammolarga olib keladi. Aslida bu gigiyenaga ham to‘g‘ri kelmaydi. Oshxonaning ish joyini toza saqlash qiymati har bir oshpazlik maktabida singdirilgan va buning yaxshi sababi bor. Bu tez va tartibli ishlash imkonini beradi hamda shunchaki vaqt va kuchni tejaydi. Tartibli oshxona keraksiz harakatlarning oldini olishga yordam beradi.

Noto‘g‘ri pichoq turlari

Foto: Marie Claire

Pichoqni olishdan oldin, uni nima uchun ishlatishni o‘ylab ko‘rish zarur. Sarimsoq kabi kichkina narsani maydalamoqchimisiz? Yoki butun tovuq kabi kattaroq narsanimi? Har doim to‘g‘ri o‘lchamdagi pichoqni ishlatish zarur. Oshpaz go‘sht uchun alohida, meva va sabzavotlar uchun boshqa pichoqlarga murojaat qilishi lozim.

Noto‘g‘ri o‘lchamdagi taxtakach

Foto: Marie Claire

Kichkina taxtakach juda chiroyli, ammo ular ayrim mahsulotlar uchun mos emas. Masalan, butun qovurilgan tovuq u yerga sig‘ishi mumkin, ammo uni bo‘laklash noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun ishlashda yetarli joy va qulaylikka alohida e’tibor berish lozim.

Qizdirilmagan tova

Foto: Marie Claire

 

Ko‘pgina taomlarni pishirishda qizdirilmagan tovaga mahsulotlar solinadi. Bu to‘g‘ri emas. Buning natijasida mahsulotlar shunchaki tovadagi yog‘ni o‘ziga shimib oladi. Tovani olovda biroz qizdirib, so‘ngra qovurishni boshlash ularga o‘zgacha ta’m qo‘shadi.

Idishni to‘ldirib taom pishirish

Foto: Marie Claire

Ko‘p miqdordagi mahsulotlarni kichik idishda pishirish mumkin emas. Bu mahsulotlarni yaxshi va mazali chiqishiga kafolat bermaydi. Chunki kichik idish yuoqrisida qolgan mahsulotlar faqatgina bug‘da pishishi mumkin. Shuning uchun mahsulotlar hisobga olingan holda ularga mos idishlar tanlanishi kerak. Qolaversa, qovuriladigan mahsulotlar ham pishishi jarayoni bir-biriga tegmasligi zarur. Idishda mahsulotlardan tashqari bo‘sh joy qolishiga e’tiborli bo‘ling.

Ovqat pishirish paytida ovqatni tatib ko‘rishni istamaslik

Foto: Marie Claire

Doimiy ta’mni nazorat qilmasdan pishirish ham eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri. Taomni qayta-qayta tatib ko‘rish, uning tayyorligini, ziravorlar miqdorini va boshqa muhim jihatlari tekshirilishi kerak. Biroq uni tatib ko‘rish jarayonida ziravorlar uchun ishlatilgan qoshiqdan foydalanmaslik zarur. Chunki ta’m borasida adashtirishi mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!