Bosh sahifaSalomatlikO‘ta band yoki dangasa odamlar uchun ertalab bajarish tavsiya etiladigan kundalik mashqlar

O‘ta band yoki dangasa odamlar uchun ertalab bajarish tavsiya etiladigan kundalik mashqlar


Sport bilan shug‘ullanishga vaqt topa olmayotganlar uchun ajoyib yangilik. Marie Claire nashri fitnes mutaxassislari yordamida vaqtning bir daqiqasini ham sarflamasdan mashq qilish usulini ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Ishdan keyin kamdan-kam odam fitnes zaliga bormaslik foydasiga divanda bo‘sh vaqtini qurbon qilishga tayyor. Ertalab yarim soat oldin turish esa mutaxassislar ma’lum qilganidek, bundan ham battarroq, chunki uyqu salomatlik garovidir. Ammo fitnesni bir chetga surib qo‘ymaslik lozim. Amerikalik fitnes mutaxassislari ertalabki tayyorgarlik davomida qiziqarli va juda real mashg‘ulot tizimini ishlab chiqdi. Bu vazn yo‘qotish yoki rekord vaqt ichida kerakli qomatga erishishga yordam berishi dargumon, ammo mushaklarni yaxshi holatda saqlash vazifasini bajara oladi.

Tishlarni yuvish davomida o‘tirib turish

O‘tirib turish eng oddiy va samarali mashqlardan biridir. Buning uchun oyoqlar yelka kengligida qo‘yiladi va 90 daraja burchak hosil qilishi uchun o‘tiriladi. So‘ngra tik holatga qaytiladi va oldingi holatda yana o‘tiriladi. Bu mashq tish yuvish davomida bajariladi. Tish shifokorlari og‘izni kamida 3 daqiqa cho‘tkalashni maslahat berishi hisobga olinsa, bu mashq, albatta, foydali bo‘lishi tabiiy.

Choy qaynaguncha press mashqini bajarish

Choy qaynaguncha vaqtni behuda sarflamaslik, balki qomatga g‘amxo‘rlik qilish imkoniyati mavjud. Sevimli qo‘shiq hamohangligida qo‘llar bosh orqasiga qo‘yiladi. Oyoqlarni qimirlatmagan holda tananing yuqori qismi tiklanadi va peshona oyoqlar uchiga qadar olib boriladi. Va yana asta avvalgi holatga qaytiladi. Ushbu mashqni toki choy qaynaguncha bir necha marta bajarish mumkin. Bu qorinning yuqori va pastki mushaklarini rivojlantiradi, shuningdek, qorinning pastki qismini taranglashtirishga yordam beradi.

Soch turmaklash jarayonida tik turish

Soch quritish va turmaklash zerikarli ishdir, shuning uchun ushbu daqiqalarni foyda tarzda o‘tkazishning yo‘li bor. Turmaklash vaqti ikkita teng intervalga bo‘linadi. Birinchi o‘ng oyoqda, keyin chapda turiladi. Tanani bir yo‘nalishda yoki boshqa tomonga buramasdan, to‘g‘ri tutishga harakat qilish va iloji boricha tekis turish lozim. Bunday oddiy tik turish bel va oyoqlarning mushaklarini kuchaytirishga yordam beradi.

Nonushta paytida oyoq mashqini bajarish

Nonushta jarayonida oyoqlar bilan bog‘liq mashqni bajarish mumkin. Buning uchun oyoqlar orasiga koptok qo‘yiladi va ular yordamida koptok biroz siqilib, so‘ngra bosim bo‘shatiladi. Ushbu mashq son mushaklariga yordam beradi. Sababi inson sonda joylashgan mushaklarni kamdan-kam ishlatadi, shuning uchun u yerda qon to‘xtab qolishi mumkin. Bu esa ortiqcha yog‘ to‘planishiga va sellyulit shakllanishiga olib keladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!