Bosh sahifaSalomatlikShakar haqida avvallari ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 5 ta fakt

Shakar haqida avvallari ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan 5 ta fakt


Ko‘pchilik shakarning zararli tomonlarini bilsa-da, ratsiondan butunlay chiqarib tashlay olmaydi. Hattoki sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari ham qandaydir tarzda shakarni iste’mol qiladi, chunki u juda ko‘p mahsulotlar tarkibida mavjud. Elle nashri shakar haqida ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan faktlarni ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Yashirin tahdid

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shakar do‘kon javonlarida sotiladigan barcha tayyor mahsulotlarning 74 foiziga qo‘shiladi. Agar kuniga iste’mol qilingan shakarni hisoblansa va kun davomida ovqat hamda ichimliklarga qo‘shilgan bir necha qoshiq inobatga olinmasa, bu o‘z-o‘zini aldashdir. Tavsiya etilgan kunlik shakar miqdori 30 gramm (6 choy qoshiq). Ammo ish joyidagi gazaklar, tushlikdagi shirinliklar va nonushta uchun shakarli yogurtni ham qo‘shsa, haqiqiy ko‘rsatkich chindan qo‘rqinchli bo‘ladi: o‘rtacha hisobda har bir inson kuniga jami 100 dan 140 grammgacha shakar iste’mol qiladi. Kun davomida ratsionni kuzatib borish, umumiy holatda shakarni qancha iste’mol qilishni aniqlash va shunga yarasha uning iste’molini kamaytirish lozim.

Shakarning boshqa nomlari

Xaridorlarni chalg‘itish uchun ishlab chiqaruvchilar mahsulot yorliqlarida “shakar” so‘zining kamida 61 ta sinonimidan foydalanadi. Eng mashhur ta’m beruvchilardan ba’zilari glyukoza, dekstroz, maltoza, pekmez, sorbitol, fruktoza va makkajo‘xoridan qamishgacha bo‘lgan turli xil siroplarni o‘z ichiga oladi.

Soxta manevr

Deyarli har bir insonda ishonchni uyg‘otadigan asosiy ta’m beruvchilardan biri fruktozadir. Sog‘lom mevalar bilan bog‘liqlikni keltirib chiqaradigan zararsiz nomga qaramasdan, fruktoza jigarga spirtli ichimliklar kabi bir xil ta’sir ko‘rsatadi: uni zararlaydi va patologiyalarni keltirib chiqaradi.

Qonda qand miqdorining keskin o‘zgarishi

Shakar tushkun kayfiyatni yengishga yordam beradi, degan fikr haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Shokolad yoki shirinlikning tezkor ta’siri qondagi insulin darajasining oshishi bilan bog‘liq bo‘lib, u doimo keskin pasayish bilan birga keladi. Natijada shakar me’yordan pastga tushadi, bu bosh aylanishi, charchoq, ko‘ngil aynishi, kuchli asabiylashishga olib keladi va gipoglikemiyaning boshqa belgilarini anglatadi.

Matematik tahlil

Kuniga bitta gazli ichimlik yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lish ehtimolini taxminan uchdan biriga oshiradi. Sababi aniq, shakar miqdori juda yuqori. Misol uchun, yarim litr kola taxminan 16 choy qoshiq shakar ekvivalentini o‘z ichiga oladi.

Ushbu nuqtalardan biri sog‘liqning yomonlashuvi yoki ortiqcha vazn bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘lishi mumkin. Hech kim shakar va uning hosilalarini kundalik ratsiondan to‘liq chiqarib tashlashni tavsiya qilmaydi. Ammo shunga qaramay, iste’mol qilinadigan shirinliklar miqdorini diqqat bilan kuzatib borish va shakarni o‘z ichiga olgan mahsulotlar sonini to‘g‘ri ravishda cheklashni boshlash kerak. Natijada sog‘liq, teri, soch holati yaxshilanadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!