Bosh sahifaAyollar uchunOch rangli sumkalarni qora dog‘lardan saqlashda yordam beradigan 4 ta layfxak

Och rangli sumkalarni qora dog‘lardan saqlashda yordam beradigan 4 ta layfxak


Odatda oq va yorqin rangli sumkalar kiyimlarga mos ravishda issiq mavsumda xarid qilinadi. Chunki qish faslida ular tezda o‘z ko‘rinishini yo‘qotishi mumkin. Grazia nashri ushbu aksessuarlarni yangi ko‘rinishini saqlab qolishga yordam beradigan layfxaklar bilan bo‘lishdi.

Foto: Grazia

Teridan ishlangan sumkalarga ustunlik bering

Sovuq mavsumda aksessuarlar to‘qroq rangga o‘zgartiriladi, chunki bunday tanlov har tomonlama qulay va kiyimlarga ham mos keladi. Ammo tashqarida ob-havo sovuq bo‘lsa ham oq rangli sumkalardan voz kechishning keragi yo‘q. Sumkalarning tashqi ko‘rinishiga putur yetkazishdan endi xavotir olmasa ham bo‘ladi — faqatgina ularning teridan ishlab chiqarilganiga ahamiyatli bo‘lish lozim. Bu sumkalar namlikni ichkariga kiritmasligi, uning ichidagi barcha narsalar xavfsiz bo‘lishini anglatadi,

Maxsus salfetkalardan foydalaning

Ayollarning sumkasida hamma narsani topilishi mumkin. Muhim narsalardan tashqari, aksessuarda salfetkalar ham bo‘lishi kerak. Ayniqsa, sumka oq bo‘lsa, unda ushbu qoidani e’tiborsiz qoldirmaslik lozim — shundan keyin tashqi ko‘rinish haqida tashvishlanish shart emas. Maxsus salfetkalar yordamida sumkani dog‘lardan osongina tozalash mumkin.

Sumkaga suv o‘tkazmaydigan maxsus vosita qo‘llang

Poyabzal yoki sumka bo‘lsin, tashqariga chiqishdan oldin har qanday charm mahsulotga suv o‘tkazmaydigan vosita qo‘llash muhimdir. Bunday mahsulotlar namlikni yutishga imkon bermaydi. Maxsus jarayon sumkani avtomatik ravishda himoya qiladi, har qanday yog‘ingarchilik zamonaviy ko‘rinishga xalaqit bermaydi. Ammo buni juda ko‘p amalga oshirish tavsiya etilmaydi yoki sumkalarni sotib olayotganda batafsil ko‘rsatmalar bilan tanishib chiqish kerak.

Oq sumkani boshqa ranglilaridan alohida saqlang

Ushbu layfxak sumkaning qordek oppoq rangini saqlab qolishdan juda yaxshi yordam beradi. Aksessuar xavfsiz joyda bo‘lsa ham, uni boshqa rangli mahsulotlardan alohida saqlash muhimdir. Buning natijasida sumkaning rangi o‘zgarishi ehtimoli sezilarli darajada kamayadi. Shuningdek, maxsus xaltalarda saqlash uning nafaqat kir bo‘lishining, balki chizilib ketmasligining ham oldini oladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!