Bosh sahifaSalomatlikOsteoporoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta muhim jihat

Osteoporoz haqida har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 5 ta muhim jihat


50 yoshdan oshgan ayollarning yarmida orqa miya bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. Shuningdek, ayollar erkaklarga qaraganda osteoporozga ko‘proq moyil. “Noviy ochag” nashri osteoporoz bilan bog‘liq muhim jihatlar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Pinterest

Osteoporoz  nima uchun xavfli?

Osteoporoz nafaqat suyaklarning mo‘rtlashuvi, balki sinishiga ham olib keladi. Osteoporoz tufayli umurtqa pog‘onasining egilishi nafas olish, ovqat hazm qilish va hatto buyrak bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Buni faqat keksa odamlarga tegishli deb o‘ylamaslik zarur. Stress, mashaqqatli mehnat va homiladorlik paytida, hatto yosh qizlarda ham osteoporoz rivojlanishi mumkin.

Osteoporoz: kimlar xavf ostida?

Eng xavfli guruhda onalari va buvilari osteoporozdan aziyat chekkan keksa ayollar bor. Kasallikning 80 foiz holatlari genetik jihatdan oldindan belgilanadi. Erta menopauzaga uchragan yoki gisterektomiya (45 yoshgacha) bo‘lgan va undan keyin kompensatsion gormon terapiyasi buyurilmaganlar ham xavf ostida. Katta vazn yo‘qotish, revmatoid artrit, birinchi toifa qandli diabet, yallig‘lanishli ichak kasalliklari va qalqonsimon bez bilan bog‘liq muammolar ham osteoporozni keltirib chiqaradi.

Qolaversa, dori vositalari ham suyaklarni zaiflashtirishi mumkin: steroid preparatlari (ayniqsa, uch oydan ortiq qabul qilinganda), tuxumdonlar faoliyatini va estrogen ishlab chiqarishni to‘xtatadigan ko‘krak bezi saratonini davolash uchun dorilar. Ushbu dorilar suyaklarning zaiflashishini ikki barobarga tezlashtirishi mumkin. Agar ularni qabul qilish kerak bo‘lsa, davolanishni boshlagandan 3-6 oy o‘tgach, suyak mustahkamligi tekshiruvini o‘tkazish tavsiya etiladi.

Osteoporoz uchun mashqlar

Qayta tiklash, yangi suyak to‘qimasini yaratish jarayonini boshlash mumkin, buning uchun og‘irlikni tana to‘g‘ri taqsimlash kerak. Qolaversa, tez yurish, tennis, step-aerobika va kuchli raqslar, masalan, step yoki irland raqsi suyaklarni tezda normal holatga qaytarishi mumkin.

Osteoporoz: parhez orqali oldini olish

Kalsiy — baliq, loviya, sut va soya mahsulotlaridan, agar organizmda D vitamini yetarli bo‘lsa, samarali qo‘llaniladi. Vitamin ishlab chiqarish uchun quyosh ta’sirida bo‘lish kerak degan yanglish fikrdan farqli o‘laroq, uni oziq-ovqat orqali qabul qilish samaraliroqdir. Masalan, tuxum sarig‘i ajoyib manba hisoblanadi. Ratsionda tuz, spirtli va gazlangan ichimliklarni kamaytirish tavsiya etiladi.

Chekish va osteoporoz

Chekish va osteoporoz o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Yaxshi xabar shundaki, har qanday yoshda chekishni tashlab, tezda suyak to‘qimasini tiklash jarayonini boshlash mumkin.

Vaznni nazorat qilish

Agar tana massasi indeksi 19 dan past bo‘lsa, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, osteoporozdan aziyat chekish ehtimoli yuqori.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!