Bosh sahifaSalomatlikErtalab vaqtida uyg‘onish qiyinligining 5 ta jiddiy sababi

Ertalab vaqtida uyg‘onish qiyinligining 5 ta jiddiy sababi


“Yana besh daqiqadan keyin uyg‘onaman” — bu jumla ko‘pchilikka tanish bo‘lishi shubhasiz. Ular uchun ertalab uyg‘onish mashaqqatli ish sanaladi. People Talk nashri buning 5 ta jiddiy sababi bilan tanishtirdi.

Foto: People Talk

Ortiqcha ovqatlanish

Kechki ovqatga hazmi og‘ir taom va spirtli ichimliklar iste’mol qilish uyqu sifatiga yomon ta’sir qiladi. Bu esa ko‘pincha ertalab uyg‘onishning muammoga aylanishiga sabab bo‘ladi. Kechki ovqatlar tufayli organizm tunda dam olish va tiklanish o‘rniga ishlashga va ovqat hazm qilishga majbur bo‘ladi.

Kech uxlash

Uyquning sifati to‘g‘ridan to‘g‘ri vaqtga ham bog‘liq va uxlash uchun eng maqbul soatlar 21:00 dan 00:00 gacha. Qanchalik kech uyquga yotilsa, ertalab organizm shunchalik charchaydi.

Haddan tashqari ko‘p zo‘riqish

Ko‘pchilik sezmaydigan klassik sabab. Aqliy zo‘riqish, shuningdek, stress uyqu sifatini yomonlashtiradi, buning oldini olish uchun mutaxassislar tashvishga sabab bo‘ladigan fikrlardan chalg‘itishni, nafas olish mashqlarini bajarishni, giyohli choyi ichishni va xonaning havoni almashtirishni tavsiya qiladi.

Uyqu gigiyenasiga rioya qilmaslik

Uyqu gigiyenasiga rioya qilish natijasida tunda uxlash qulay, ertalab esa uyg‘onish oson bo‘ladi. Agar yarim tungacha serial tomosha qilish yoki shirinliklar bilan qahva ichib, telefonda vaqt o‘tkazishdan keyin ertalab vaqtida uyg‘ona olmaslikka hayron bo‘lmaslik kerak.

Bezovta oyoq sindromi

Oyoqlarning haddan tashqari faolligi uyqu sifatining yomonlashishiga olib keladi. Shish, uyqusizlik va tomir tortishishi qulayroq pozitsiyani izlashga majbur qiladi va shu sababli uyqudan behosdan cho‘chib uyg‘onish kuzatiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!