Bosh sahifaSalomatlikPomidor, sarimsoq va olma: dori vositalarisiz qonda shakar miqdorini tushirishga yordam beradigan mahsulotlar

Pomidor, sarimsoq va olma: dori vositalarisiz qonda shakar miqdorini tushirishga yordam beradigan mahsulotlar


Ikkinchi toifa qandli diabetga moyil bo‘lganlar yoki allaqachon kasallik bilan yashayotganlar shakar miqdori past bo‘lgan parhezga rioya qilishi juda muhimdir. Aytgancha, qand miqdorining ko‘tarilishi hatto sog‘lom odamlarning kayfiyati va ishlashiga ta’sir qiladi. “Noviy ochag” nashri tanishtirib o‘tgan 15 ta oddiy mahsulotni nonushta, tushlik va kechki ovqatda iste’mol qilish shakar miqdorini nazorat qilishda yordam beradi.

Foto: “Noviy ochag”

Bargli ko‘katlar

Foto: “Noviy ochag”

Ismaloq, oddiy va Xitoy karami — bu ro‘yxatdagi haqiqiy super mahsulotlar.  Bargli ko‘katlar va kraxmalsiz sabzavotlar oshqozonni to‘qlik hissi bilan ta’minlaydi, qolaversa, kletchatka ko‘p, kaloriyasi kam.

Losos balig‘i

Foto: “Noviy ochag”

Odatda OMEGA-6 juda ko‘p iste’mol qilinadi, bu yallig‘lanishga olib kelishi mumkin. OMEGA-3 esa me’yoridan kam qabul qilinadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, chunki ayrim mahsulotlarda bu foydali elementlarning tarkibi unchalik yuqori emas. Agar losos balig‘ini topish qiyin bo‘lsa, konservalanganiga murojaat qilish mumkin: bu haftasiga 2-3 porsiya to‘g‘ri bo‘ladi.

Kinoa

Bir stakan pishirilgan kinoada 8 gramm oqsil va 5 gramm kletchatka mavjud. Olimlar muntazam ravishda kinoa iste’mol qilinsa, qonda glyukoza darajasini me’yorlashtirishga erishish mumkinligini aniqladi.

Brokkoli

Foto: “Noviy ochag”

C vitamini, kaliy va kletchatkalarga boy mahsulot ayniqsa bolalar uchun juda foydali. Uni qovurish yoki bug‘da pishirib iste’mol qilish mumkin.

Yong‘oqlar

Foto: “Noviy ochag”

Kechasi bir hovuch yong‘oq iste’mol qilish tunda shakar miqdorining ko‘tarilishidan va shu bilan birga dahshatli tushlardan qutqaradi. Yong‘oqning kunlik iste’molini ko‘paytirish uchun uni barcha yeguliklarga qo‘shish mumkin.

Yog‘siz go‘sht

Foto: “Noviy ochag”

Buning uchun tovuq va kurka go‘shti eng maqbul variantdir. Agar qizil go‘shtni afzal ko‘rsangiz, yog‘siz qismini tanlang.

Avokado

Foto: “Noviy ochag”

Yog‘li nonushtani yarim bo‘lak avokado bilan almashtirish tavsiya etiladi. Avokado juda mazali va sog‘lom yog‘larga boy, ammo uni ortiqcha iste’mol qilishdan ehtiyot bo‘lish lozim.

Tuxum

Foto: “Noviy ochag”

Tuxum hayvon oqsilining eng arzon manbaidir. Tuxumlardan taom tayyorlash uchun juda ko‘p retseptlar mavjud. Ammo ularni ko‘p iste’mol qilib bo‘lmaydi. Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni tuxum iste’mol qilish qandli diabetga chalinish xavfini oshirishi ham mumkin.

Gulkaram

Foto: “Noviy ochag”

Gulkaram juda foydali mahsulot bo‘lib, uni garnir sifatida ko‘proq uglevodlarga ega bo‘lgan guruch o‘rniga almashtirish mumkin. Shu bilan birga, bir stakan gulkaramda 2 gramm kletchatka, 2 gramm oqsil va 5 gramm uglevod mavjud.

Olma

Foto: “Noviy ochag”

Olmani po‘sti bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi, uning po‘stida ko‘p miqdorda kletchatkalar mavjud, bu esa glyukoza ko‘tarilishining oldini olishga yordam beradi. Olmadan tashqari, nok, behi, olxo‘ri ham qonda qand miqdorini tushiradi.

Sarimsoq

Foto: “Noviy ochag”

Sarimsoq ham shakarda qon miqdorini tushirishga yordam beradi. Uning o‘zini iste’mol qilish qiyin bo‘lsa, salat yoki taomlarga qo‘shish mumkin.

Pomidor

Foto: “Noviy ochag”

200 gramm pomidor kunlik me’yorni tashkil qiladi. Undan nonushta, tushlik ham kechki ovqat uchun ajoyib taom va salatlar tayyorlash mumkin. Pomidor qon bosimini me’yorlashtiradi va yaxshi xolesterinni oshiradi. Uning yanada foydali bo‘lishi uchun zaytun moyida qovurish mumkin.

Loviya

Foto: “Noviy ochag”

Bir stakan loviya qondagi glyukoza miqdori uchun juda foydali. Dukkakli mahsulotlar kletchatka va oqsilning ajoyib manbaidir. Ammo konservalangan loviyalarni iste’mol qilishdan oldin uni yaxshilab chayish tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!