Bosh sahifaMaslahatlarQish kirib kelmasidan avval uyda bajarilishi kerak bo‘lgan 12 ta vazifa

Qish kirib kelmasidan avval uyda bajarilishi kerak bo‘lgan 12 ta vazifa


Qish faslining kirib kelishiga ham oz fursat qoldi. Tez orada qo‘lda bir chashka issiq kakao bilan iliq adyol ostida, tinchlik va osoyishtalikda eng sevimli kitobni mutolaa qilish istagi paydo bo‘ladi. Ammo bungacha amalga oshirish lozim bo‘lgan bir qancha narsalar bor. Wday nashri ularning 12 tasini havola etdi.

Foto: Wday

Muzlatkich muzini eriting

Eskirgan hamma narsani tashlash, javonlarni artish va yuvish, muzlatkichdan muzni eritish — ehtimol avvalroq bunga vaqt topilmagandir. Tartibga keltirilgan muzlatkich ichida qishki zaxira uchun joy ochiladi. U yerda meva va sabzavotlarni yangidek saqlash mumkin.

Oshxona shkaflarini tartibga keltiring

Uzoq vaqt davomida oshxona shkaflarida bir talay narsa yig‘iladi. Ularni tartibga keltirish va aynan javonlarda saqlash mumkin bo‘lgan mahsulotlarni olib kelish vaqti keldi. Natijada yomg‘irli ob-havoda xarid uchun ko‘p ko‘chaga chiqishga hojat qolmaydi.

Kabob pishiriladigan panjarani tozalang

Qish ta’til hamda bayramlar oldidan tabiat qo‘yniga chiqishga hozirlik ko‘rish lozim. Buning uchun yegulik tayyorlanadigan jihozlarni tozalab, ularni sayohatga olib qo‘yish kerak. Aks holda tozalanmagan buyumlarga zarar yetishi yoki o‘zingizda tozalash uchun vaqt topilmasligi mumkin.

Derazalarni yuving

Derazalarni ham ichki, ham tashqi tomondan yuvish tavsiya etiladi. Bu ishni aynan kuzning bulutli kunida amalga oshirish kerak. Shundagina derazalarga quyosh nuri tushib, iz qoldirmaydi. Qolaversa, qishning quyoshsiz kunlarida toza derazalar uyni yoritib turadi.

Yozgi kiyimlarni yuving

Yozgi kiyimlarni yuving, quriting va shkafning yuqori qismiga qo‘ying. Yaqin orada ular sizga kerak bo‘lmaydi. Lekin ularni tozalamasdan olib qo‘yish keyinchalik ayrim dog‘larning ketmasligiga olib keladi.

Sumkani tartibga keltiring

Eski cheklar, uzoq vaqtdan beri yozmay qolgan ruchkalar, eskirgan shirinlik va saqichlar — hammasidan voz kechish kerak. Ayollar sumkasidagi ba’zi narsalarni saqlash odatda xavfli. Chunki unda hujjatlar uchun joy, hamyon, upa va lab bo‘yog‘i bo‘lishi tabiiy.

Odeyal va yostiqlarni quyosh nuriga olib chiqing

So‘nggi quyoshli kunlardan unumli foydalanib qolish kerak. Odeyal va yostiq kabi buyumlarni quyosh nuri tushadigan joyga chiqarish kerak. Bu bilan ulardan yig‘ilib qolgan bakteriyalardan osongina xalos bo‘lish mumkin. Qolaversa, salqin uyda nam tortganlari quyosh nurida quriydi.

Gilamni tozalang

Gilam yuzasini faqatgina supurish emas, balki unga yig‘ilgan chang va kirlarni astoydil tozalash lozim. Buning uchun maxsus eritmalar yordam beradi. Ular gilamni yangi ko‘rinishini tiklash bilan birga, allergiya qo‘zg‘atuvchi turli bakteriyalarni ham yo‘q qiladi.

Isitkich sotib oling

Qishgacha isitkichni chegirma bilan topish imkoniyati hali ham mavjud. Ammo ushbu ishni qishda amalga oshirish esa qiyinchilik tug‘dirishi shubhasiz.

Kichik ta’mirlash ishlarini bajaring

Tomchilayotgan jo‘mrak, g‘ichirlagan eshik, yopishtirish kerak bo‘lgan narsa — kunduzi yorug‘lik yetarli bo‘lganda hammasini tuzatib qo‘ygan ma’qul. Havo sovigandan keyin ularni ta’mirlash biroz qiyinlashishi, shuningdek, muammolar kattalashishi mumkin.

To‘qimachilik mahsulotlarini almashtiring

Kuzga kelib, choyshab, yostiq, pardalarni qalinroq, qulayroq va issiqroqlarga almashtirish kerak. Bu xonani yanada issiqroq qilishga yordam beradi.

Gullarni ko‘chirib o‘tkazish

Tashqaridagi gullarni sovuq urmasligi uchun uy ichida qulay va shinam sharoit yaratish kerak. Shuningdek, xonaki gullarni turiga qarab parvarishlashni unutmaslik juda ham muhim. Aks holda ularning nobud bo‘lishi hech gap emas.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!