Bosh sahifaFarzandOrzudagidek ona bo‘lishni istaganlar uchun 5 tavsiya

Orzudagidek ona bo‘lishni istaganlar uchun 5 tavsiya


Farzand tarbiyasi mas’uliyat, sabr va bilim talab etadi. Bolalarning qahramoni bo‘lmish onalar hamisha o‘zini baxtli, xushmuomala tutishga o‘rganishi kerak. Lekin muammo har kimning ham o‘ziga yarasha xarakteri va kamchiliklarida. Chunki ularni yashirib yurishning doim ham iloji yo‘q, ertami, kechmi asabiylashgan paytda hammasi ayon bo‘ladi. Havas qilsa, arzigulik ideal onalar esa o‘zidagi barcha kechinmalar farzandiga yuqishini o‘ylab, qaltis vaziyatda ham sokin bo‘lishga harakat qiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Kunni rejalashtirish shart emas

Aslida hayot yaltiroq jurnaldagi kabi rasmlarga o‘xshamaydi. Shuningdek, farzandlarga ham har kuni kutilmaganda duch keladigan vaziyatga mos chiroyli, zamonaviy kiyimlarni kiydirish aslo mumkin emas. Bolalar uchun xuddi kinolardagidek har hafta qimmatbaho sovg‘alar xarid qilishni ham aslo imkoni yo‘q. Hatto kuniga uch mahal foydali taomlar iste’mol qilishning ham iloji bo‘lmasa kerak. Ba’zida kunni shunchaki pijamada televizor qarshisida o‘tkazish esa haqiqat. Atrofdagilar uchun sun’iylikdan voz kechish kerak. Boalar tabiiylikni va erkinlikni xush ko‘radi. Ularni qandaydir qolip ichiga joylashning keragi yo‘q. Ona o‘zini erkin va osoyishta tutsa, farzandlar ham undan minnatdor bo‘ladi.

Doimiy shovqinlarga o‘rganish kerak

Bolalarni tinchlantirish uchun behuda vaqt sarflamaslik zarur. Baland ovozda qo‘rqitish ham foyda bermaydi. Bu bilan onalar faqatgina o‘zini charchatadi. Bolalarning shovqin-suronini shunchaki ularning quvonchi va baxtiyorligi deb qabul qilish kerak. Shunda ularning baqir-chaqir ovozi asablarni buzishga emas, kayfiyatni ko‘tarishga sabab bo‘ladi.

Bolalar o‘zlari bilan faxrlansin

Har oqshom yoki o‘yinchoqlar xona bo‘ylab sochilib yotgan paytda farzandlarga ularni yig‘ishtirishga buyurish hamma onalar uchun tanish holat. Ular garchi ko‘ngildagidek qilib ishni amalga oshirolmasa-da, lekin buning uchun harakat bor. Shunday vaqtlarda bolalarning qilgan kichik yordamlariga minnatdorlik bildirilishi kerak. Bu, ayniqsa, onalar uchun tarbiya berishning eng yaxshi va oson yo‘li. Qilgan arzimas ishi uchun tashakkur eshitgan har qanday bola yana uni takrorlashga va yaxshiroq bajarishga intiladi.

Bolalar xato qilganda aralashmaslik kerak

Xato qilish boalardan tortib kattalargacha uchraydi, bu tabiiy jarayon. Avval xato qilinadi, xulosa chiqariladi va takrorlamaslikka urinish paydo bo‘ladi. Bolalar endigina velosiped haydashni mashq qilayotgan bo‘lsa yoki husnixat yozishga kirishgan bo‘lsa, ularga xatolarni anglatishda ehtiyot bo‘lish talab etiladi. Ularning ilk vazifalariga aralashish ishtiyoqni so‘ndirib yuborishi mumkin. Mustaqil bo‘lishiga va xato qilishga ruxsat berish kelajakda irodali farzand bo‘lib kamol topishiga yordam beradi.

Shoshilish hech narsani o‘zgartirolmaydi

Onalar kun davomida qancha uy yumushlarini bajarmasin, hech narsaga ulgurmagandek tuyulaveradi. Rostdan ham shunday, bugun yuvilishi kerak bo‘lgan kiyimlar ertaga ham yuvilishi kerak. Kecha ishlatilgan qozon-tovoqlar nafaqat ertaga, balki bir umr ishlatiladi. Shuning uchun shoshqaloqlik faqatgina asablarni taranglashtirishga olib keladi. Natijada onadagi doimiy asabiylik ortidan bolalar ham asabiy bo‘lishni, biror ishda doimo shoshqaloqlik qilishni, bordi-yu eplay olmasa baqir-chaqir qilishni ham boshlaydi. Shuning uchun ham xotirjam onalardan xotirjam farzandlar paydo bo‘ladi. Orzudagidek ona bo‘lish uchun yuqoridagi barcha tavsiyalarga amal qilish zarur.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!