Bosh sahifaMaslahatlarQish mavsumida kartoshkani kvartirada saqlash qoidalari va usullari

Qish mavsumida kartoshkani kvartirada saqlash qoidalari va usullari


Qishda uyda kartoshkani qanday saqlash kerak? Sovuq yerto‘la va garaj egalari uzoq vaqtdan beri kartoshkalarni qanday salash kerak degan muammoni unutgan. Kartoshkani kvartirada yoki boshqa issiq xonada saqlamoqchi bo‘lganlar uchun esa bir nechta foydali maslahatlar zarar qilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Kartoshka kundalik va bayramona taomlarning ajralmas mahsulotidir. Kartoshka yig‘im-terimi odatda kuzning boshida bo‘ladi, shuning uchun odamlar muhim savolga duch keladi — qishda kartoshkani qanday saqlash kerak? Buning uchun hosil muzlamaydigan, chirimaydigan, unib chiqmaydigan va shu bilan birga ozuqaviy qiymatini saqlaydigan joy tanlanishi kerak.

Kartoshkani uyda qanday saqlash kerak?

Kartoshka xona haroratida yaxshi saqlanadi. Kartoshkaning shiraliligi va mustahkamligini saqlash uchun 4-7 daraja harorat kerak. Shunga qaramay, bahorgacha issiq xonada ushbu mashulotning kichik hosilini saqlash mumkin.

O‘rim-yig‘imdan keyin kartoshkani kamida 3-4 soat davomida soyada quritish tavsiya etiladi, shunda yopishgan tuproq quriydi va mahsulot ajraladi. Ushbu oddiy protsedura keyinchalik kartoshkaning chirishi ehtimolini kamaytiradi. Keyin esa kartoshka kasal va shikastlanganlaridan saralanishi kerak.

Kvartirada kartoshkani saqlash usullari

To‘g‘ri, kvartira kartoshkani saqlash uchun yaxshi joy emas. Ayniqsa, bir nechta qoplar haqida gap ketganda. Kvartirada kartoshkani saqlash uchun qulay variant — bu balkon. Qishda balkonda kartoshkani saqlash uchun maqbul harorat saqlanadi. Agar balkonda derazalar ko‘p bo‘lsa, tashqaridagi haroratni kuzatib turish lozim. Bordi-yu, harorat keskin pasaysa, kartoshkalarni yog‘ochdan yasalagan qutilarga joylash tavsiya etiladi.

Kartoshkalar sifati buzilmasligi uchun oshxonada qanday saqlash kerak:

  • qorong‘i, nisbatan salqin joy;
  • oshxonadagi harorat +18 darajadan oshmasligi kerak;
  • sabzavotlar yog‘och idishga yoki to‘qilgan savatda bo‘lishi lozim.
Odatda rakovina ostidagi bo‘sh joy kartoshka uchun moslashtirilishi mumkin. Sabzavotlarga havo erkin kirishi uchun teshiklari bo‘lgan maxsus qutilar sotiladi. Yog‘och materialdan tayyorlangan qutilar 20 kilogrammgacha kartoshkani sig‘dira oladi.

Kartoshkani omborxonada saqlash

Odatda oshxonada foydalanish uchun bir necha kilogramm kartoshkani qoldirib, qolganini omborxonada saqlash mumkin. Omborxonaga quyosh nuri tushmaganligi sababli u yerda mahsulot yaxshi holatda saqlanadi. Agar plastmassa yoki yog‘och qutilar bo‘lsa, ularning ichida kartoshkalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri saqlash mumkin. Ustiga quritilgan yalpiz kukunini sepish kartoshakalarni zararkunandalardan himoya qiladi.

Kvartirada kartoshkani saqlash uchun foydali maslahatlar

Kvartira uzoq vaqt davomida kartoshkani saqlash uchun qulay joy bo‘lmasa-da, buning maqbul usulini topish mumkin.

Yozda kartoshkani saqlash qiyin — mahsulot issiqdan quriydi. Buning uchun kartoshkaning yoniga suv qo‘yish kerak.

Oshxonadagi rakovina ostida ham oz miqdordagi sabzavotlarni saqlash mumkin.

Yalpiz yoki olma barglari kartoshka qutilariga solib qo‘yilsa, mahsulot tez unib chiqmaydi. Ularni boshqa sabzavotlardan alohida saqlash tavsiya etiladi.

Kartoshka solingan qutilarni devorga yaqinlashtirmasdan, poldan 15-20 santimetr balandlikda joylashtirish kerak.

Zanjabil ildizi, lavlagi, piyoz qobig‘i, yalpiz, shuvoq kabi o‘simliklar kartoshkani yaxshi saqlashga yordam beradi.

Barcha qoida, maslahat va tavsiyalardan xulosa qilish mumkinki, kartoshkani kvartirada sovuq xonada saqlash, hosilni tabiiy va sun‘iy yorug‘likdan cheklash juda mumkin. Shunchaki harorat va namlik sharoitlarini doimiy ravishda bir xilda ushlab turish, havo kirishini ta’minlash, vaqti-vaqti bilan sabzavotlarni saralash kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!