Bosh sahifaGoʼzallikOyoqlar chiroyiga putur yetkazadigan 5 ta odat

Oyoqlar chiroyiga putur yetkazadigan 5 ta odat


Sog‘lom va chiroyli oyoqlar nafaqat sport zalida mashaqqatli mehnat, yaxshi genetika hamda yuzlab skrab va kremlar, balki ko‘plab zararli odatlardan holi to‘g‘ri turmush tarzining isbotidir. Agar oyoqlar salomatligi hamda go‘zalligini uzoq vaqt saqlamoqchi bo‘lsangiz, Marie Claire nashri ma’lum qilgan odatlardan voz kechish tavsiya etiladi.

Foto: Pinterest

Kun bo‘yi o‘tirish

Harakat bo‘lmasa, qon aylanishi sekinlashadi, bu turg‘unlikka olib keladi. Natijada varikoz tomirlari (ayollarning taxminan 50 foiziga ta’sir qiladigan kasallik) va to‘piqlarda doimiy shish kuzatiladi. Buning oldini olish uchun har soatda bir necha daqiqa qisqa yurish uchun tanaffus qilish va turli xil mashqlar  bajarish kerak.

Oyoq terisini namlantirmaslik

Oyoqlarni parvarish qilish xuddi yuz terisini parvarish qilish kabi zarur va muhimdir. Skrab, cho‘tkalar va boshqa go‘zallik vositalardan foydalanishni unutmaslik lozim. Buni haftada 2-3 marta amalga oshirish kerak, shundan so‘ng oziqlantiruvchi kremni qo‘llashni unutmaslik juda muhim. Oziqlanish va gidratsiya kundalik g‘amxo‘rlikning bir qismini tashkil etishi kerak. Qanchalik tez-tez dush qabul qilinsa, shunchalik ko‘p namlantiruvchi vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Oyoqlarni chalkashtirib o‘tirish

Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu holat femoral arteriyalar va tomirlarda bosimning oshishiga olib keladi, bu esa qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, ushbu holat tomirlarning cho‘zilishiga sabab bo‘ladi, bu ham varikoz tomirlarining bo‘rtib chiqishini rag‘batlantiradi.

Oyoqdagi jarohatlarni davolamaslik

Ustara bilan kesilgan, chivin chaqishi yoki tirnalgan — bu yaralarni vaqtida davolash kerak. Aks holda, oyoqlarda chandiq yoki yara izlari qolib ketadi. Eng yomon holatda esa vaqtida davolamaslik turli xil yallig‘lanishlarni keltirib chiqaradi. Bu keyinchalik jiddiy kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

Noto‘g‘ri parvarishlash

Oyoqlardagi ortiqcha tuklardan xalos bo‘lishda, albatta, sifatli mahsulotdan foydalanish lozim. Shuningdek, oyoqlarni tozalashda maxsus ko‘pik, keyin esa terini yumshatuvchi va namlantiruvchi kremlardan qo‘llash tavsiya etiladi. Aks holda tez orada oyoq terisi dag‘allashadi, quriydi va qizil toshmalar paydo bo‘ladi. Bu esa nafaqat oyoqlarning xunuk ko‘rinishiga, balki butun tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!