Bosh sahifaSalomatlikDarhol voz keching: yostiqning salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 ta belgisi

Darhol voz keching: yostiqning salomatlikka zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 7 ta belgisi


Hamma yostiqlar ham organizmni uzoq kutilgan dam olish va tiklanish bilan ta’minlamaydi. Marie Claire nashri yostiqning salomatlikka va hatto tashqi ko‘rinishga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan alomatlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Holatga mos kelmaydigan yostiqlar

Yostiqni tanlashda uxlashni afzal ko‘rgan pozitsiya haqda o‘ylash lozim. Organizm holatiga moslasha oladigan modellarni tanlash yaxshiroq. Bu mushaklar haddan tashqari zo‘riqmasligi va organizm dam olishi uchun muhimdir. Kechasi noqulaylik tufayli uyqudan uyg‘onib ketish jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: tana mushaklarning o‘sishi, to‘qimalarning tiklanishi va tunda yuzaga keladigan boshqa muhim funksiyalar uchun vaqt yetmaydi. Uyqusizlik kayfiyatga, fikrlash qobiliyatiga va ishtahaga ta’sir qilishi mumkin. Surunkali uyqusizlik semizlik, qandli diabet, yuqori qon bosimi va yurak kasalliklari xavfini oshiradi.

Matrasingizga mos kelmaydigan yostiqlar

Yangi yostiq sotib olayotganda matrasning qattiq yoki yumshoqligini hisobga olish kerak. Agar qattiq matras bo‘lsa, qalinroq yostiq kerak bo‘ladi, chunki yelka matrasga unchalik botib ketmaydi. Yostiq bosh va matras o‘rtasidagi kattaroq bo‘shliqni to‘ldirishi lozim. Agar buning aksi bo‘lsa, yupqaroq yostiq kerak bo‘ladi.

Patli yostiqlar

Patli yostiqlar hamyonbop bo‘lishi mumkin, ammo ular bo‘yinni yetarli darajada qo‘llab-quvvatlamaydi. Birinchi marta ularda odam o‘zini juda qulay his qiladi. Ammo patlar siz bilan birga harakat qiladi, shuning uchun keyinchalik bo‘yinda og‘riq ham paydo bo‘lishi mumkin. Past yostiqlar biroz qulayroq, ammo vaqt o‘tib boshqasini talab qiladi. Qolaversa, patga allergiyasi bor insonlarga bu kabi yostiqlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.

Allergiyaga olib keladigan yostiqlar

Yostiqlar chang va kirning manbai bo‘lib, allergiyani qo‘zg‘atishi mumkin. Agar ko‘krak sohasida siqilish, xirillash, nafas olish qiyinlashuvi, ko‘zlar qichishishi, burun oqishi yoki tomoq qichishishi kuzatilsa, bu yostiqning allergiyaga olib kelishining belgisi bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, noxush oqibatlarning oldini olish uchun siz ba’zi narsalarni qilish mumkin. Gippoallergen yostiqlar allergiyasi bor odamlar uchun maxsus ishlab chiqilgan, shuning uchun ular ishonchli tanlovdir. Bundan tashqari, yallig‘lanish xususiyatini beruvchi moddalarning burunga kirishiga to‘sqinlik qiladigan chang o‘tkazmaydigan yostiq jildlarini ham sotib olish mumkin.

Murakkab kombinatsiyalangan yostiqlar

Bunday yostiqlarning afzalliklari hali aniqlanmagan. Chunki avtomatik ravishda tavsiya qilish mumkinligini ko‘rsatadigan ko‘plab tadqiqotlar mavjud emas. O‘ta yumshoq va baland yostiqlar mehmonxona va boshqa xizmat ko‘rsatish joylarida bo‘lishi mumkin. Ammo ulardan ko‘p vaqt davomida foydalanish bo‘yin va yelka sohasida noqulaylik keltirib chiqaradi.

Do‘stlarga mos yostiqlar

Afsuski, yostiq tanlashda do‘stona tavsiya yordam bermasligi mumkin. Bu sizga haqiqatan ham kerakli yordamni olganingizni anglatmaydi. Bunday tanlovning keyinchalik xato ekani aniqlashadi. Chunki boshqa inson va sizning organizmingizda katta farq bor. Agar uxlashdan keyin badanda og‘riq paydo bo‘lsa, boshqa variantni sinab ko‘rish yaxshiroq.

Noto‘g‘ri tozalanadigan yostiq

Yostiq bakteriyalar yoki o‘lik teri hujayralari bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkinligini unutmaslik lozim. Bu yuz terisi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi. Yostiqda kirning to‘planishi natijasida toshma paydo bo‘lishi mumkin. Yostiq jildi yuvilmasa va muntazam ravishda almashtirilmasa, atrofdagi chang va yog‘ning to‘planishi, teri va sochlarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Natijada sochlar tezda yog‘lanadi va yuzda husnbuzarlar ko‘payadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!