Bosh sahifaSalomatlikQandli diabetga olib kelishi mumkin bo‘lgan insulinga rezistentlikning 7 ta yashirin belgisi

Qandli diabetga olib kelishi mumkin bo‘lgan insulinga rezistentlikning 7 ta yashirin belgisi


Hisob-kitoblarga ko‘ra, kattalarning 25 foizi insulin qarshiligining bir turidan aziyat chekmoqda. Aslida bu holat juda xavfli emas, ammo davolanmasa, u prediabet va hatto ikkinchi toifa diabetning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, Albatta, bu kasallik hayot sifati va davomiyligiga sezilarli ta’sir qiladi. Xavfni o‘z vaqtida aniqlash uchun qondagi glyukoza darajasini nazorat qilish, shuningdek, insulinga rezistentlik (glyukozaning hujayraga kira olmasligi bilan tavsiflangan holat, shuning uchun uning qondagi miqdori oshadi) ning boshqa belgilariga e’tibor berish muhimdir, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Bel sohasida yog‘ to‘planishi

Ayollarda ortiqcha vazn birinchi navbatda son va bo‘ksada taqsimlanadi, erkaklarda esa bel sohasida ko‘proq yog‘ to‘planadi. Qorin paydo bo‘lganda, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish lozim. Gap shundaki, qorin bo‘shlig‘idagi yog‘lar — glyukoza bardoshliligiga ta’sir qiluvchi gormonlar ishlab chiqarishda faol va shu bilan diabet xavfini oshiradi. Glyukoza darajasini tekshirib ko‘rish, endokrinolog bilan maslahatlashish, ratsion va turmush tarzini ko‘rib chiqishni unutmaslik lozim.

Husnbuzar va kengaygan teshiklar

Insulinga rezistentlik kuchayishi bilan organizm faol ravishda yog‘ ishlab chiqarishni boshlaydi, bu esa o‘z navbatida teshiklarning kengayishiga va husnbuzar paydo bo‘lishiga olib keladi. Agar muammo allaqachon qiynayotgan bo‘lsa, kosmetologga bormasdan avval endokrinolog bilan maslahatlashish kerak.

Polikistik tuxumdon sindromi

To‘g‘risini aytganda, bu alomat emas, balki insulinga rezistentlik rivojlanish ehtimolini jiddiy ravishda oshiradigan omil. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar tashxis qo‘yilgan polikistik tuxumdon sindromi va insulin qarshiligining ortishi xavfi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni tasdiqladi.

Soch to‘kilishi

Odatda har kuni 70 dan 100 tagacha soch tolasi tushadi va bu me’yor. Ammo taroq yoki yostiqda hisobga olinmagan sochlar esa glyukoza darajasini tekshirib, shifokor bilan uchrashish uchun jiddiy sababdir. Chunki soch to‘kilishi insulinga rezistentlik rivojlanishining yana bir belgisidir.

Shish

Ko‘pincha to‘piq shishadi, ammo suyuqlikning turg‘unligi organizmning boshqa qismlarida ham bo‘lishi mumkin. Gap shundaki, buyraklarga natriy va suyuqlikni organizmdan chiqarib tashlashni buyuradigan insulin muvozanati buzilgan bo‘lsa, shish paydo bo‘lishi mumkin. Ushbu alomatni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

Qonda shakarning ko‘tarilishi

Aniq alomat bo‘lsa-da, ko‘pincha e’tibordan chetda qoladi. Agar glyukoza darajasi qizil chiziqdan tashqariga chiqmasa, lekin me’yorning yuqori chegarasiga yaqinlashsa yoki biroz oshib ketsa, shifokor bilan maslahatlashish lozim. Bu jiddiy kasallikning birinchi alomati bo‘lishi mumkin.

Uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoq

Insulinga rezistentlik paydo bo‘lganda, organizm glyukozadan energiya olish qobiliyatini yo‘qotadi va qonda shakar yetarli yoki hatto ortiqcha bo‘lishiga qaramay, ishlash uchun kuch topilmaydi. Natijada uglevodlarga bo‘lgan ishtiyoq kuchayadi. Bulochka, chips, shirinliklar iste’mol qilish tinimsiz tinch qo‘ymasa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!