Bosh sahifaMaslahatlarEhtiyot bo‘ling: aksariyat haydovchilar unutib qo‘yadigan eng muhim 3 ta qoida

Ehtiyot bo‘ling: aksariyat haydovchilar unutib qo‘yadigan eng muhim 3 ta qoida


Endigina “prava” olganlarda mashina boshqarishdan avval hayajon bo‘lishi tabiiy. Yoki aksincha bu borada tajriba bo‘lishi hamda va rulda o‘zingizni qulay his qilishingiz ham mumkin. Lekin haydovchilar rioya qilishi kerak bo‘lgan ba’zi oddiy qoidalar ko‘pincha unutiladi. The Voice Mag nashri ularning bir nechtasini sanab o‘tdi.

Foto: The Voice Mag

Avtomobildan foydalanish qayerdan boshlanadi? Eshikni ochish, kalitlarni qulfga solib, mashinani ishga tushirish va haydab ketishdanmi?

Bu tubdan noto‘g‘ri. Yangi haydovchilar ko‘pincha nazariyani kam baholaydi, haydashning ko‘pgina asoslariga rioya qilmaydi. Tajribali haydovchilar esa juda muhim tafsilotlarga shunchaki e’tibor bermaydi. Lekin mashina boshqaruvidan oldin har doim qilish kerak bo‘lgan uchta qoida mavjud.

  1. Avtomobil korpusi va shinalarini tekshirish. Har qanday haydovchi mashinani diqqat bilan ko‘rib chiqishi kerak: agar qandaydir shubhali belgilar bo‘lsa, aybdor yaqin joyda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, yonilg‘i bakining oqmasligiga ishonch hosil qilish kerak. Shinalarga kelsak: uy hayvonlari ko‘pincha g‘ildirak tagida uxlaydi, shuningdek, g‘ildiraklarning holati yaxshi ekaniga ishonch hosil qilish kerak.
  2. Agar mashina sizniki bo‘lsa, unda o‘rindiq siz uchun qulaylashtirilgan. Agar undan turmush o‘rtog‘ingiz bilan birga foydalansangiz, birinchi navbatda o‘rindiqni moslashtirish kerak. Shundan so‘ng orqa ko‘zguni sozlash lozim, chunki ko‘zguni kimdir o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin. Afsuski, vaqtida e’tibor bermaslik ortidan kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelishi hech gap emas.
  3. Albatta, uchinchi bosqich — yorug‘lik. Yorug‘likning yetishmasligi — boshqa haydovchilarni bezovta qiladigan eng keng tarqalgan xatolardan biri. Kunduzi ko‘plab haydovchilar signal chiroqlari va kichik faralarni yoqishni unutadi. Bu juda xavfli. Yo‘lda boshqa mashinalarni ko‘rish — bu boshqa haydovchilar ham sizning mashinangizni ko‘rishi mumkin, degani emas. Har doim kunduzi ishlaydigan signal chiroqlarni, faralarni ham yoqish tavsiya etiladi. Yo‘lda mashinani qanchalik aniq ko‘rish mumkin bo‘lsa, baxtsiz hodisa ehtimoli shunchalik kamayadi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!