Bosh sahifaSalomatlikKasal bo‘lmang: grippni yengillashtirishga va tezroq tuzalishga yordam beradigan 5 ta maslahat

Kasal bo‘lmang: grippni yengillashtirishga va tezroq tuzalishga yordam beradigan 5 ta maslahat


Xalq orasida shunday gap bor, agar shamollash davolanmasa, bir hafta ichida o‘tib ketadi, davolansa, yetti kun davom etadi. Hazil tagida biroz bo‘lsa-da haqiqat bor. Ammo sog‘ayishni tezlashtirishning imkoni bo‘lmasa ham, kasallik jarayonini yengilroq o‘tkazish mumkin. “Noviy ochag” nashri grippni yengillashtirishga va tezroq tuzalib ketishga yordam beradigan maslahatlar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Shikoyat qilish va yordam so‘rash

Olimlarning aniqlashicha, kasal odam ma’lum br sababga ko‘ra, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashni xohlaydi. 2015-yilda olib borilgan tadqiqot shuni tasdiqladiki, atrofdagi odamlar bemorga hamdardlik va e’tibor ko‘rsatsa, og‘riq kamroq bo‘ladi. Shuning uchun betob insonga hamdard bo‘lish uning tezroq sog‘ayishiga yordam beradi.

Tabassum qilish

Inson shamollaganda, ko‘proq o‘zini qiziqarli narsalar bilan chalg‘itishi lozim. Masalan, ko‘ngilochar ko‘rsatuvlar yoki sevimli filmlarni tomosha qilish mumkin. Kulgi immunitetni mustahkamlaydi, og‘riq tuyg‘usini kamaytiradi va stressni yengillashtiradi – bu aynan bemor uchun kerak bo‘lgan narsa.

To‘yib uxlash

Tunda uyqu sifati juda muhim. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘p uxlagan bemorlar gripp va boshqa virusli kasalliklardan tezroq tuzalib ketadi. Ammo burunning oqishi va yo‘tal tungi dam olishga to‘sqinlik qiladi. Uyqu sifatini ta’minlash uchun yotoq yetarlicha baland bo‘lishi kerak. Shuningdek, xona harorati va qorong‘iligi ham muhim ahamiyatga ega.

Tovuq va sabzavotli sho‘rvalarni iste’mol qilish

Bemor uchun tovuq go‘shtili bulyon haqiqatan ham doridir: issiq, yog‘li suyuqlik burun shilliq qavatining namligini saqlashga yordam beradi, o‘pkada balg‘amni suyultiradi va yo‘talni yengillashtiradi. Qolaversa, tovuq bulyoni immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlash va virusga qarshi kurashish uchun organizmga biroz ko‘proq kuch berish usullaridan biridir.

Ko‘proq choy ichish

Ko‘p miqdorda issiq ichimlik ichish — tez sog‘ayish uchun yana bir imkoniyat. Shifokorlar nafaqat iliq mevali yoki limonli ichimlikni, balki zanjabil va zarchavali o‘simlik choyini ham ichishni tavsiya qiladi. Zanjabil kuchli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega, zarchava esa immunitetni qo‘llab-quvvatlaydi. Shamollash va grippning xavfli asoratlari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Aytgancha, bu ikkala ichimlikni ham shamollashda ajralmas antioksidant, antibakterial va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega asal bilan ichish kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!