Bosh sahifaMaslahatlarSham, sochiq va yana tashlab yubormaslik kerak bo‘lgan boshqa eskirgan narsalar

Sham, sochiq va yana tashlab yubormaslik kerak bo‘lgan boshqa eskirgan narsalar


Uydagi ortiqcha va eskirgan narsadan xalos bo‘lish tendensiyasiga qaramay, tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak bo‘lgan ba’zi narsalar bor. “Noviy ochag” nashri ulardan bir nechtasini sanab o‘tdi.

Foto: “Noviy ochag”

Gilam

Eskirgan gilam mebel oyoqlariga yumshoq yostiqchalarni tayyorlash uchun juda mos keladi. Kundalik foydalanish paytida va mebelni boshqa xonaga ko‘chirish kerak bo‘lsa, ular polni qirib yuborishdan qutqaradi.

Dush pardasi

Eskirgan dush pardasini tashlashga shoshilmaslik kerak. Ilgak ilmoqlari o‘rnatilgan chetini kesib olib, pardani gilam yoki piknik dasturxoni sifatida ishlatish mumkin. Pardadan uy hayvonlariga yotoq qilish uchun ham foydalansa bo‘ladi. U juda qulay bo‘lib, sirtni nam mato bilan artib olish kifoya.

Kolgotka

Ehtimol, neylondan ko‘ra laklangan mebellarni yaltiratish uchun yaxshiroq mato topish qiyin. Faqat eski kolgotkalar yordamida sirtni turli yo‘nalishlarda ehtiyotkorlik bilan artish tavsiya etiladi.

Qisqichli ilgich

Kiyimlar bilan birga keladigan arzon plastik ilgichlar ko‘pincha chiqindi qutisiga tushadi. Ilgichning o‘zi siz uchun foydali bo‘lishi dargumon — uning sifati juda shubhali. Ammo qisqichlari foydali narsadir. Ular olib tashlanib, kiyimlar o‘rniga paketlarning chetlarini mahsulotlar bilan mahkamlash uchun asqatadi.

Ustara

Ustara trikotaj kiyimlarni parvarish qilishda ayni muddao. Uning yordami bilan kiyimlar ustidagi katishkalarni tozalab, yangi holga keltirish mumkin.

Sabzavotlar uchun to‘r xalta

Sabzavotlar solinadigan to‘r yordamida hammomdagi bolalar o‘yinchoqlarini saqlash mumkin. Bu juda qulay. Barcha o‘yinchoqlar xaltaga solinadi va u vannaning ustiga osib qo‘yiladi, natijada o‘yinchoqlar ichida suv qolmaydi.

Eski shamlar

Yarim yonib ketgan shamlarni tashlamaslik kerak, balki ularni yangi holga keltirish mumkin:

  • shamlar;
  • shisha idish;
  • ingichka ip;
  • keraksiz plastik idish;
  • choy qoshiq.
Shamning qolgan qismi mikroto‘lqinli pechda o‘rtacha darajada bir daqiqa qizdiriladi. Tarkib qoshiq bilan aralashtiriladi va agar kerak bo‘lsa, idishni pechga yana bir daqiqaga qo‘yiladi. Sham to‘liq eriganidan keyin idishning o‘rtasiga ip o‘rnatiladi va sham quyiladi. Ipni qo‘yib yuborishdan oldin bir necha daqiqa kutiladi. Mumni to‘liq qotishi uchun shamni 10 daqiqa davomida muzlatkichga qo‘yish lozim.

Eski futbolkalar

Paxta futbolkalar eskirsa ham foydasini yo‘qotmaydi. Ko‘chishni rejalashtirayotganlar nozik narsalarni xavfsiz tashish uchun futbolkalardan foydalanishi mumkin. Ularni bir necha marta qatlam qilib o‘rash natijasida qimmatbaho buyumlarga zarar yetmaydi.

Soch tasmalari

Tashqi ko‘rinishini yo‘qotgan soch tasmalari yordami bilan paketlarning chetlarini mahkamlab, ixcham saqlashni tashkil qilish mumkin. Masalan, sayohatga chiqqanda kiyimlarning taxlami buzilmasligi hamda ko‘p joy egallamasligi uchun soch tasmasini taqish kifoya.

Plastik idishlar

Hech qachon qayta ishlangan pishloq, yogurt yoki margarin idishlarini tashlab yubormang. Tirnoq, soch tasmasi yoki tugmalar va munchoqlarni yo‘qotib qo‘yish oson. Ammo ushbu plastik idishlar ularni saqlashda yaqindan yordam beradi.

Sochiqlar

Vaqt o‘tishi bilan, hatto eng yuqori sifatli sochiq ham eskiradi. Ammo ularni tashlashga shoshilmaslik kerak. Eskirgan sochiqlar qoshiq, sanchqi kabi buyumlarni yaltiratish uchun ayni muddao.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!