Bosh sahifaSalomatlikDumskrolling nima? Nima uchun noxush xabarlarni o‘qish ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir qiladi?

Dumskrolling nima? Nima uchun noxush xabarlarni o‘qish ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir qiladi?


Dumskrolling (inglizcha “doom” — qiyomat, taqdir, qismat va “scrolling” — aylantirish) salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqarishi, tushkunlikka tushishi, xafagarchilik va ruhiy tushkunlikka olib kelishiga qaramay, yomon xabarlarni ko‘rish va o‘qish tendensiyasidir. Bu atama pandemiya boshida nisbatan keng qo‘llanila boshlandi va hozirda dunyodagi beqaror vaziyat fonida yana dolzarb bo‘lib qoldi. Xo‘sh nega inson yomon yangiliklardan uzoqlasha olmaydi va bu psixo-emotsional holatga qanday ta’sir qiladi? Elle nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: Elle

Nazoratsiz dumskrollingning asosiy sababi — muhim yangiliklarni yo‘qotish qo‘rquvi. Bezovta ong dunyoda nima sodir bo‘layotganini va bu insonga shaxsan qanday ta’sir qilishi mumkinligini tushunishga intiladi. Bunday holda, dumskrolling vaziyatni nazorat qilish hissini beradi. Intuitiv ravishda odam potentsial tahdidlarga tayyorlanishga harakat qiladi.

Nima uchun bu zararli?

Vaziyatni nazorat qilish illyuziyasi, umuman olganda, hech qanday afzallik bermaydi. Dumskrolling tashvish va stressning rivojlanishiga hissa qo‘shadi, vahima xurujlari ehtimolini oshiradi va konsentratsiyani kamaytiradi. Aqlli ijtimoiy media tobora ko‘proq yomon yangiliklarni taklif qilmoqda, qo‘rqinchli maqolalarni topish va o‘qish ehtiyojga aylanadi, odam o‘z fikrlari va his-tuyg‘ulariga e’tibor bermaydi. Keyinchalik, salbiy yangiliklarni o‘qish ham uyqusizlik va asab tizimining charchashiga olib kelishi mumkin.

Dumskrolling bilan qanday kurashish mumkin?

  • Yotishdan oldin gadjetlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Kechasi koronavirus, urushlar, norozilik namoyishlari va boshqa bezovta qiluvchi hodisalar haqidagi yangiliklarni o‘qimaslik lozim. Agar buni nazorat qilish qiyin bo‘lsa, uxlashdan 2-3 soat oldin signal o‘rnatish va telefonni o‘chirib qo‘yish kerak.
  • Faqat kerakli ma‘lumotlarni o‘qish e’tiborni boshqa yangiliklarga o‘tkazmaslik tavsiya etiladi. Internetdagi yangilik va maqolalarni o‘qishdan oldin, maqsadni aniq belgilab olish zarur, taklif qilingan maqolalar yoki o‘ziga tortadigan sarlavhalarga e’tibor bermaslik kerak.
  • Yangiliklar ketma-ketligidan biroz tanaffus qilish ham foydali. Diqqatni ko‘proq qiziqarli maqolalar, intervyular va sharhlarga o‘tkazishga harakat qilish lozim.
  • Umuman boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish lozim. Kino, musiqa, do‘stlar bilan uchrashuvlar — bularning barchasi asab tizimiga ko‘proq foyda keltirishga yordam beradi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!