Bosh sahifaGoʼzallikGo‘zal tong: yetarlicha uxlamaganlar uchun 5 ta byuti-layfxak

Go‘zal tong: yetarlicha uxlamaganlar uchun 5 ta byuti-layfxak


Ba’zan tungi uyqu vaqtida turli xil mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish tashqi ko‘rinishga ta’sir qiladi va bunday holatlarda yuz shishi, ko‘z qizarishi va uning pastki qismida qora dog‘lar yuzaga kelishi kuzatiladi. Biroq ba’zi go‘zallik sirlari sizni bunday muammolardan darhol xalos etishi mumkin, quyida shu haqda ma’lumot beriladi.

Foto: Marie Claire

Budilnik chalinganidan so‘ng

Ko‘zingizni yumganingizdan keyin bir daqiqa ham o‘tmay budilnik allaqachon yangi ish kuni boshlanganini bildirdi. Bunday holatlarda bor kuchingizni to‘plab yotoqxonadan chiqishingiz kerak. Quvvat olish va yetarlicha energiya to‘plash uchun C vitamin kerak bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, har kunni bir stakan limonli suv bilan boshlagan ma’qul. Yana bir foydali narsa achchiq limonli,  shakarli qora choy bo‘lib, u tanaga qahva kabi uyg‘onishga yordam bermaydi, biroq organizmga yengilroq ta’sir qiladi.

Biror-bir muhim ishni hal qiluvchi insonlar uchun sovuq dush juda mos keladi. Uyqu yo‘qoladi — qon aylanishining tezlashuvi yuzdagi charchoq belgilarini tezda yo‘q qiladi.

Ertalab sport bilan shug‘ullanish kunning ajoyib boshlanishiga xizmat qiladi. Yugurish yoki boshqa jismoniy faoliyat turlaridan so‘ng, energiya ortadi va bu yanada ko‘proq harakat qilishga sharoit yaratadi.

Foto: Marie Claire

Ortiqcha makiyajsiz

Ko‘pgina qizlar uyqusizlik asoratlarini me’yoridan ortiq kosmetika bilan yashirishga urinib xato qiladi. Bu holat har doim teskari ta’sir ko‘rsatadi — tonal krem qatlami faqatgina terining xiralashganini va ajinlarini ko‘rsatadi va horg‘in yuzdagi yorqin bo‘yalgan ko‘zlar tushkun taassurot qoldiradi.

Ko‘z ostidagi qora dog‘lar va shishlarga qarshi kurashda kollagenli yostiqchalar, gialuron kislotasi va B5 vitamini juda yaxshi yordam beradi. Vaziyat qat’iyroq harakatni talab, dog‘lar va shishlarni to‘g‘ri yashirish vositalaridan foydalaning. Biroz pudra, lab bo‘yog‘i va kam bo‘yalgan kirpiklar — bu sizga ertalabki bo‘yanish uchun yetarli bo‘ladi.

Yana bir sir — obrazni ko‘zoynak bilan to‘ldirish hisoblanadi. Ushbu aksessuar uzoq vaqtdan beri zamonaviy go‘zallik arsenalida foydalanib kelinadi. Ko‘zoynaklar tashqi ko‘rinishni o‘zgartiradi, biroq, eng muhimi, ko‘zlar ostidagi ertalabki shish, dog‘larni yashiradi. Biroq quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklar bilan ularni yashirish  — noto‘g‘ri sharoitda ko‘zoynaklar orqali yashirilgan yuz nimadir joyida emasligini anglatadi.

Har doim siz bilan

Har doim yoningizda olib yuradigan narsalar mavjud. Masalan, bunga birinchi navbatda ko‘z tomchilari kiradi. Ularni tez-tez qo‘llab bo‘lmaydi, biroq zarur bo‘lgan vaziyatlarda qizarishni ketkazish va ko‘zlarning yorqin ko‘rinishi uchun bu vosita haqiqiy najot bo‘la oladi.

Charchoq belgilaridan xalos bo‘lishda kontrastli kompresslar juda foydali hisoblanadi. Buning uchun ikkita idish olinadi — biriga muzli suv, ikkinchisiga qaynoq suv quyiladi. Suyuqlik yuzga namlangan mato orqali qo‘llaniladi. Uni 5 daqiqa davomida qo‘llash yuzda qizarish paydo qiladi.

Har doim tetiklanish uchun sumkada termal suv olib yurish kerak. O‘zingizga mos keladigan to‘g‘ri tanlovni qilishingiz lozim. Ba’zi spreylar ko‘proq kalsiy, boshqalari natriy yoki selenga ega bo‘ladi. Tarkibida tuzi ko‘p bo‘lgan vositalar teridagi yog‘ miqdorini kamaytiradi. Quruq teri uchun tarkibida tuzi oz bo‘lgan vositalar ma’qulroq.

Foto: Marie Claire 

Nafas oling

Yoga bilan shug‘ullanish nafas olishning yaxshilanishi xizmat qiladi. Yogada nafas olish fikrlashning jismoniy qismi, fikrlash esa nafasning ruhiy qismi deb qaraladi. Har bir fikr nafas olish ritmini va har bir nafas fikrlash ritmini o‘zgartiradi.

Kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradigan ko‘plab nafas olish mashqlari mavjud. Masalan, quyidagi mashq polda oyoqlarini yoyib o‘tirib, orqa tomonlama tekis, qulay o‘tirgan holda amalga oshiriladi. Burunning o‘ng teshigini o‘ng qo‘lning bosh barmog‘i bilan yoping va chap burun teshigidan nafas oling. Ko‘kragingizga emas, qorningizdan chuqur nafas oling. Nafas olgach, nafasingizni qisqa vaqt ushlab turing. O‘ng burun teshigidan nafas oling, chapni o‘ng qo‘lning kichik barmog‘i va boshqa barmoq bilan yoping. Birinchi uchta jarayonni takrorlang, bu safar o‘ng burun teshigidan nafas olishdan boshlang (burunning chap teshigini kichik barmog‘ingiz va boshqa barmog‘ingiz bilan yoping). Ushbu nafas olish mashqlari atigi 5-10 daqiqada bajarilishi kerak va bu sizga butun kun uchun yetarli kuch beradi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!