Bosh sahifaGoʼzallikTrixolog tavsiya qiladi: sochni sirka bilan yuvish uchun 5 ta sabab

Trixolog tavsiya qiladi: sochni sirka bilan yuvish uchun 5 ta sabab


Sochlarni sirka bilan yuvish buvi va onalarimizga juda yaxshi tanish, ammo 90-yillardayoq ushbu xalqona mahsulot konditsioner, balzam va yumshatuvchi losyon bilan almashtirildi. Lekin bugungi kunda ham shifokor-trixologlar yana an’anaviy usuldan foydalanishni tavsiya etadi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “doctorpiter.ru”

Nima uchun sirkadan ko‘proq foydalanish kerak?

Torontodagi eng mashhur trixologlardan biri Toni Chaarning ishonchi komilki, sochlarni sirka bilan chayish ularni chinakam sog‘lom va chiroyli qiladi. “Sirka bilan yuvishning asosiy afzalligi shundaki, u rangli yoki bo‘yalmagan, tekis va jingalak, kalta va uzun, quruq va yog‘li barcha sochlarga mos keladi. Men olma yoki uzum sirkasini afzal ko‘raman, hech qanday sun’iy qo‘shimchalar yo‘q, faqat tabiiy mahsulot ”, — deydi Toni.

Sirkaning soch uchun foydalari

Hajm qo‘shadi

“Agar sochlar siyrak va unchalik qalin bo‘lmasa, sirka hech qanday sprey va kukunlar qila olmaydigan ishni bajaradigan haqiqiy eliksirdir. Birinchidan, konditsionerlardan xalos bo‘lish kerak. Ikkinchidan, yuvgandan keyin sirkani chaymasdan sochlarni quritish lozim. Sirka hidi bir soat ichida yo‘q bo‘lib ketadi.

Soch rangini saqlab qoladi

“Bo‘yalgan sochlar haftasiga 2-3 marta sirka bilan yuvilsa, o‘z rangini uzoqroq saqlaydi, chunki u sochlarning kutikulasini yopiq holda ushlab turadi, bu esa pigmentning o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaydi”, — deydi mutaxassis.

Jilokorlik baxsh etadi

Agar sochlar rangi xira bo‘lsa, sirka unga ipakdek yorqinlikni qaytaradi. Shuningdek, sochlarning yuzasida mikro yoriqlarga yopishib qoladigan, shu bilan uni og‘irlashtiradigan muss va penka qoldiqlarini olib tashlaydi va tolalarning sirtini tekislaydi.

Tozalikni ta’minlaydi

Stilistlar vaqti-vaqti bilan chuqur tozalovchi shampunlardan foydalanishni maslahat beradi va aslida ular to‘g‘ri: kundalik shampunlar barcha kirlarni to‘liq yuvib tashlamaydi. Ayniqsa shaharda yashaydiganlarda sochlar har kuni chang va tutunni o‘ziga singdiradi. Sochni yuvgandan keyin sirkadan foydalanish tozalik bilan to‘liq ta’minlaydi. Ushbu holda sirkada shunchaki chayish emas, balki shampun sifatida foydalanib, bosh terisini massaj qilish tavsiya etiladi.

Tarash qulaylashadi

Hech qanday konditsioner yoki balzam sochni sirka kabi yengil va oson tarashga imkon bermaydi. Buni ko‘proq jingalak soch egalari yaxshi biladi.

Soch uchun sirkadan qanday foydalanish mumkin?

Oddiy shampun yordamida sochlar odatdagidek yuviladi. So‘ngra suv ostida yaxshilab yuvib tashlanadi. Sochlari oldinga silkitilib, boshning tepasiga sirka quyiladi, shunda u sochlar ildizidan uchigacha imkon qadar bir tekisda taqsimlanadi. Taxminan o‘rtacha uzunlikdagi sochlar uchun taxminan bir chashka sirka kerak bo‘ladi. Sirka bilan yuvilgan sochlarni shunday qoldirish yoki sovuq suv bilan yuvish mumkin. Agar soch fen bilan emas, balki tabiiy yo‘l bilan quritilsa, ta’sir kuchi yanada sezilarli bo‘ladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!