Bosh sahifaGoʼzallikHar kuni iste’mol qiling: yuzdagi shishlarni kamaytiradigan 5 ta mahsulot

Har kuni iste’mol qiling: yuzdagi shishlarni kamaytiradigan 5 ta mahsulot


Ertalabki shish — bu juda ko‘p ayollar duch keladigan muammo. Metabolik jarayonlarni yaxshilaydigan va organizmdagi suyuqlikni me’yorda saqlashga yordam beradigan foydali va arzon mahsulotlarni ratsionga qo‘shib, muammoni ichkaridan hal qilish mumkin. The Voice Mag nashri ularning 6 tasi bilan tanishtirdi.

Foto: The Voice Mag

Kosmetik brendlar yuzning shishishiga qarshi tezkor kurashish uchun maxsus vositalarni ishlab chiqisharishni to‘xtatmaydi. Ulardan ba’zilari haqiqatan ham ajoyib foyda beradi. Ammo shunga qaramay, barcha muammolar ichki tomondan kelib chiqishini unutmaslik lozim. Kundalik ovqatlanishning oddiy parvarishi kosmetik vositalardan ko‘ra ko‘proq foyda berishi mumkin.

Bulg‘or qalampiri

Bulg‘ori qalampiri magniy, kaliy va C vitaminiga boy, bu esa organizmdan ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Baqlajon

Baqlajon eng foydali mavsumiy sabzavotlardan biridir. Lekin unutmangki, uni to‘g‘ri pishirish kerak — pech yoki bug‘da. Ko‘p miqdorda yog‘da ziravorlar bilan qovurilgan va mayonez bilan aralashtirilgan baqlajonlar organizmga foyda keltirishi dargumon.

Bodring va ko‘katlar

Yashil va bargli sabzavotlarda kaliy ko‘p miqdorda mavjud. Bundan tashqari,  bodring yoki ko‘katlarni yoqtirmaydigan odamni topish qiyin. Bularning barchasi organizmdagi metabolik jarayonlarni barqarorlashtirishga va shish paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.

Karam

Yashil va Bryussel karamlari kletchatka va C vitamini bo‘yicha chempiondir. Bundan tashqari, karam ko‘pincha shish bilan kurashish uchun tashqi vosita sifatida tavsiya etiladi, lekin baribir ularni kundalik ratsionga kiritish yaxshiroqdir.

Grechka

Grechka homiladorlik davrida tavsiya etilgan asosiy oziq-ovqatlardan biri bo‘lib, u organizmdagi suyuqlikning turg‘unligi bilan kurashadigan mo‘jizaviy qobiliyatga ega. Ertalabki shishda kechki ovqat uchun har kuni grechka iste’mol qilish tavsiya etiladi. Lekin uni ko‘p tuzlamaslikka harakat qilish kerak, chunki tuz grechkaning foydali xususiyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!