Bosh sahifaSalomatlikVafli, marmelad va butunlay voz kechish tavsiya etiladigan boshqa ommabop shirinliklar

Vafli, marmelad va butunlay voz kechish tavsiya etiladigan boshqa ommabop shirinliklar


Shirinliklar iste’mol qilish kariyesning rivojlanishi, qorin dam bo‘lishi, kognitiv qobiliyatlarning yomonlashishi va boshqa muammolarga olib keladi. “Lisa.ru” nashri qaysi shirinliklar ko‘proq xavfli ekani va ularning o‘rniga nima iste’mol qilish mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: “Lisa.ru”

Vafli

Foto: Pinterest

Ushbu mashhur shirinliklar bir qarashda xavfsizdek ko‘rinadi. Aslida, ishlab chiqarishda trans yog‘lari, ta’m kuchaytirgichlar va ko‘p miqdorda shakar ishlatiladi. Shuning uchun u kaloriyaga juda boy. Vaflilarga o‘rinbosar sifatida rezavor va mevali batonchiklar tavsiya etiladi. Ularning ham kaloriyasi yuqori, ammo organizmni vitamin va ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi.

Marmelad

Foto: Pinterest

Marmeladni tabiiy mahsulotlardan tayyorlash uning narxini oshiradi. Konservantlarning mavjudligi shirinliklarni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va bu sog‘liq uchun zararli. Misol uchun, sorbin kislotasi ko‘pincha teri toshmalarining manbai hisoblanadi.

Shokolad

Foto: Pinterest

Haqiqatan ham, och qolganda shokoladlar juda yordam beradi. Shakar va trans yog‘lari energiyani orttirish uchun javobgardir. Tarkibdagi nuga va karamel tish emaliga putur yetkazadi va hech qanday foyda keltirmaydi. Ularga o‘rinbosar sifatida jo‘xori uni yoki yeryong‘oqli shirinliklar mavjud. Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun ularni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Yogurtlar

Foto: Pinterest

Mevali va shirin mahsulot foydasi ostida zararli qo‘shimchalar, shakar, kraxmal yashiringan. Ammo hamma yogurtlar bir xil yaratilmaydi, deyish mumkin. Iloji boricha tabiiy ta’mga yaqin bo‘lgan nordon desertni tanlash tavsiya etiladi. Yoki uy sharoitida asal, murabbo yoki shokolad siropi bilan ta’mni yaxshilash mumkin.

Zefir

Foto: Pinterest

Bu yerdagi vaziyat marmelad bilan bir xil. Olma pyuresidan tayyorlangan shirinliklar bugun sevib iste’mol qilinadi. Lekin ularning tabiiy mahsulotdan tayyorlanganini aniqlash oson: tarkibda sorbat qo‘shimchasi mavjud bo‘lmaydi.

Qandolat mahsulotlari

Foto: “Lisa.ru”

Pishiriq, tortlar, pechenye va boshqa sotib olingan shirinliklar, albatta, mazali. Ammo ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha sariyog‘ni palma yog‘i yoki margarin bilan almashtirish orqali xarajatlarni kamaytiradi. Shakar bilan birgalikda o‘simlik yog‘lari organizmga katta zarar yetkazadi, xolesterin ortishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun uy sharoitida tabiiy mahsulotlar bilan shirinliklar tayyorlash ham salomatlik uchun ga‘mxo‘rlik hisoblanadi.

Do‘konda sotiladigan asal

Foto: Pinterest

Ishonchli asalarichilardan asal mahsulotini sotib olish yaxshi. Faqat tashqi ko‘rinishidan tabiiyga o‘xshashini xarid qilish esa biroz yanglish tanlovdir. Bu aslida kraxmal, karamel shinni va aromatizator aralashmasi hisoblanadi. Uning zararlari boshqa shirinliklarnikidek bo‘lib, haqiqiy asalda mavjud bo‘lgan biror foydali xususiyatlarga ega emas.

Irislar

Foto: Pinterest

Iris va marmelad tarkibida deyarli tabiiy mahsulotlar yo‘q. Bundan tashqari, ular, ayniqsa, bolalarda o‘rganib qolish hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Yopishqoq qoldiqlar sut tishlari uchun juda zararli va emalga putur yetkazadi, qolaversa, kariyesni keltirib chiqaradi. Bunday shirinliklarni qora shokolad bilan almashtirish tavsiya etiladi, faqat uni ham me’yorida iste’mol qilish kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!