Bosh sahifaMaslahatlarTor poyabzallarni kengaytirish bo‘yicha 5 ta samarali maslahat

Tor poyabzallarni kengaytirish bo‘yicha 5 ta samarali maslahat


Odatda poyabzal sotib olayotganda, ular dastlab qulay bo‘lib tuyiladi, lekin kiyilgach tor ekanligi ayon bo‘ladi. Shunday vaqtda oyoq kiyimni qulay o‘lchamga kengaytirishga yordam berish uchun ushbu usullardan birini sinab ko‘rish tavsiya etiladi, bu haqiqatan ham yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Spirt

Oyoq kiyimning ichki qismi toza spirt bilan tozalanadi. So‘ngra poyabzalning ustki qismi toza salfetka bilan artib chiqiladi. Oyoq kiyimlar to‘liq qurishini kutmasdan, ularni kiyib, xonani aylanib chiqish kerak. Spirt charmni yumshatadi va tez orada oyoq sig‘imiga moslashadi.

Issiq havo

Oyoq kiyimlarni kengaytirishning yana bir an’anaviy usuli — ularni fenning issiq havosi bilan isitish va darhol qalin jun paypoq ustidan kiyish lozim. Poyabzal sovigandan so‘ng protsedura yana takrorlanadi. Oyoq kiyimlar kerakli o‘lchamga kelgunga qadar qizdiriladi.

Kanakunjut yog‘i

Teri yoki sun’iy charm poyabzalning ichki qismiga kanakunjut yog‘i surtiladi — moy materialni yumshoq va elastik qilishga yordam beradi. Bu usul anchadan beri kiymagan poyabzal uchun juda mos keladi. Vaqt o‘tishi bilan charm quriydi va dag‘allashadi. Kanakunjut yog‘i bilan ishlov berilgandan so‘ng poyabzalni yuvish kerak. Chunki moy poyabzalga singib ketmasligi lozim, aks holda kolgotkada dog‘ qoldirishi mumkin.

Parafin

Agar poyabzal juda tor bo‘lsa, parafin sham yordam keladi. U poyabzal ichiga, tovon qismiga yaxshilab surtiladi — chunki bu joyda tovon yorilishi va qadoqlar paydo bo‘ladi. Oyoq kiyimlar bir kechaga qoldiriladi, ertalab esa sirtdan parafin artib olinadi. Agar protsedura birinchi marta yordam bermasa, uni ertasi kuni ham takrorlash mumkin.

Nam gazetalar

Bu usul ham juda mashhur. Uning yordamida mato, rezina va boshqa tabiiy bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan poyabzallarni sezilarli darajada kengaytirish mumkin. So‘ngra g‘ijimlangan gazeta oyoq kiyim ichiga tiqiladi. Qog‘oz tabiiy ravishda qurishi uchun isitkichlardan uzoqroq joyda qoldirish kerak — haddan tashqari issiqlik materialning shaklini o‘zgartirishi mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!