Bosh sahifaSalomatlikOrganizmdagi yog‘ni faolroq eritishga yordam beradigan kechki ovqat uchun 7 mahsulot

Organizmdagi yog‘ni faolroq eritishga yordam beradigan kechki ovqat uchun 7 mahsulot


Xalq orasida mashhur bo‘lgan maqolga ko‘ra, kechki ovqatni dushmanga berish kerak. Lekin shifokor ham, parhezshunoslar ham kechki ovqatdan bosh tortmaslikni tavsiya qiladi va yotishdan ikki-uch soat oldin yaxshi gazak iste’mol qilishni maslahat beradi. Ammo kechki ovqat nafaqat sog‘liqqa, balki vaznga ham foyda keltirishi uchun mahsulotlarni to‘g‘ri tanlash kerak. “Noviy ochag” nashri metabolizmni kuchaytirishga va hatto uyquda ham vazn yo‘qotishga yordam beradigan mahsulotlar nomini ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Sut, yogurt va pishloq

Foto: “Noviy ochag”

Bu oziq-ovqatlarning barchasi kalsiyni o‘z ichiga oladi, u yog‘larni eritishga yordam beradi. 90 dan ortiq tadqiqotlar natijasida kalsiyni iste’mol qilish va yuqori metabolizm tezligi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligi ma’lum bo‘ldi. 14 ta tajriba natijalarini o‘rgangan yana bir meta-tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, sut mahsulotlarini muntazam ravishda iste’mol qiladigan odamlar o‘rtacha 1,5 kilogramm ko‘proq ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, sut kalsiyining yog‘ hujayralari o‘sishini rag‘batlantiradigan vitaminlar ta’siriga to‘sqinlik qilishi bilan bog‘liq.

Suli va arpa

Foto: “Noviy ochag”

Iloji boricha esda tuting: to‘g‘ri uglevodlarga ustunlik berilsa, ularni deyarli har qanday miqdorda iste’mol qilish mumkin. Bundan tashqari, tola va kletchatkaga boy bo‘lgan uglevodlar faqat kilogramm kamaytirishga yordam beradi. Nonushta uchun suli yormasi, kechki ovqat uchun arpa garniri nafaqat beldagi yog‘dan xalos bo‘lishga, balki qomatni yaxshi holatda saqlashga ham hissa qo‘shadi.

Ko‘k choy

Foto: “Noviy ochag”

Ko‘k choyda mavjud bo‘lgan katexinlar metabolizmni tezlashtiradi. Bundan tashqari, Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, ko‘k choy ichish ayniqsa qorin yog‘ini eritishda samarali. Kuniga besh-olti stakan limonli ko‘k choy ichish tez va oson vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun eng yaxshi tanlovdir.

Tuxum

Foto: “Noviy ochag”

Tuxum oqsilning eng qulay manbai bo‘lib, u o‘z qomatiga g‘amxo‘rlik qiladigan har bir kishi uchun zarurdir. Oqsilga boy ovqatlar iste’mol qilinsa, organizm ovqatni qayta ishlash uchun ko‘proq kaloriya sarflaydi. Oqsil ochlikni har qanday uglevodlarga qaraganda ancha yaxshi bosadi va kuchli mashqlarni bajarishda ham oddiygina oqsil kerak bo‘ladi. Shuning uchun, haftada kamida bir necha marta nonushta uchun tuxum iste’mol qilish lozim va tez orada natija namoyon bo‘ladi.

Yong‘oq va bodom

Foto: “Noviy ochag”

Yong‘oqlar nafaqat ovqatlanish oralig‘ida yengil ochlikni qondiradigan, balki organizmni kerakli yog‘lar bilan to‘yintiradigan foydali gazak uchun mukammal variantdir. Bundan tashqari, bodom va yong‘oqlar kletchatka, oqsil va omega-3 yog‘ kislotalariga boy bo‘lib, organizmning insulinga sezgirligini oshiradi. Shuning uchun yong‘oqlarni muntazam iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Olma va nok

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu mahsulotlarda qanday umumiylik bor? Ularda flavonoidlar, tabiiy kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular organizmda to‘plangan yog‘larni eritib yuboradi. American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, flavonoidlarni muntazam iste’mol qiladigan ayollar eng past tana massasi indeksiga ega bo‘ladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu ta’sir flavonoidlarning energiya sarfini oshirishi, mushaklar tomonidan glyukozaning so‘rilishining ortishi va natijada ortiqcha yog‘larni eritish qobiliyati tufayli erishiladi.

Gilos

Foto: “Noviy ochag”

Ushbu rezavor sog‘lom uyquni yaxshilashga yordam beradigan ko‘plab tabiiy melatoninni o‘z ichiga oladi. Vaznni saqlash uchun esa sog‘lom uyqu zarur: ko‘plab tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar odam bir kun yaxshi uxlamagan bo‘lsa, ertasi kuni u ko‘proq kaloriyali ovqatlar, shuningdek, yengil uglevodlar va shakarga boy mahsulotlar iste’molidan o‘zini tiya olmaydi. Bundan tashqari, sog‘lom uyqu organizmdagi melatonin gormonining normal darajasini tartibga soladi, bu metabolizm tezligiga ta’sir qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!