Bosh sahifaSalomatlikQayt qilayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?

Qayt qilayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?


Qandli diabetning boshlanishi, ichak infeksiyasi, issiq o‘tishi, stress — bolalarda qayt qilishiga turli omillar sabab bo‘lishi mumkin. Bola qayt qilganda unga zarar bermasdan qanday yordam berish kerak? “Noviy ochag” nashri quyida ushbu savolga javob berdi.

Foto: “Noviy ochag”

Bola qayt qilganda birinchi yordam

Qayt qilishning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin: ichak infeksiyasidan qandli diabetning boshlanishiga qadar. Faqatgina shifokor bilan ushbu holatning  asl sababini topib, davolanishni boshlash kerak. Ammo shifokor ko‘rigidan oldin ham bolaga yordam berishni boshlash mumkin

Bola qayt qilganda dori qabul qilish

Agar bola qayt qilsa, unga dori berish qiyinchilik tug‘diradi. Katta ehtimol bila, har qanday siropda eruvchan kukun faqat yana qayt qilish istagini qo‘zg‘atadi. Shuningdek, shifokor tekshiruvisiz dori berish deyarli mumkin emas. Shuning uchun qayt qilishga qarshi kurashishning tabiiy usullariga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Qayt qilganda suyuqlik ichish

Qayt qilishni to‘xtatish uchun bolaga suyuqlikni kichik qismlarda va tez-tez ichirish kerak. Buning uchun soat, choy qoshiq yoki shprits va bir stakan suyuqlik kerak bo‘ladi (maxsus tuzli eritma yoki quritilgan meva kompoti yoki choy. Chaqaloqlarni oziqlantirish uchun siz 100-200 ml ona sutini ichirish mumkin). Har 2-3 daqiqada bolaga bir choy qoshiq suyuqlik yoki shpritsdan 2-3 ml ichiriladi.

Agar suyuqlik ichirilgandan 1-1,5 soat o‘tgach, bolaning ahvoli yaxshilanmasa, kasalxonaga borish kerak. Ular qayt qilishning sababini topishga va kerakli davolanishni tanlashga yordam beradi.

Qayt qilganda suyuqlikdan keyin nima qilish kerak?

Qoida tariqasida, suyulik tufayli qayt qilish kamayadi, keyin butunlay yo‘qoladi va bola avvalgi holatga qaytadi, faolroq bo‘ladi, ko‘proq suyuqlik talab qiladi. Ammo bunday qilmaslik kerak. Oshqozonga birdaniga ko‘p miqdorda suyuqlik kirishi bolaning yana qayt qilishiga olib kelishi mumkin.Muvaffaqiyatli tuzalishdan so‘ng ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarni emizish mumkin. Katta yoshdagi bolalarga har 5-10 daqiqada suyuqlik (10-30 ml) beriladi.

Shu bilan birga, bolaga oz-ozdan ovqat ham berish tavsiya etiladi: mayiz va boshqa quritilgan mevalar, krakerlar, non va makkajo‘xori tayoqchalari. Kichkintoy ishtahasiga ko‘ra, ovqatni oz-ozdan iste’mol qilishi kerak. Agar qayt qilish yana boshlansa, (bu virusli ichak infeksiyalari fonida bo‘lishi mumkin), keyin yana suyuqlik ichishni boshlash kerak.

Nima bo‘lganda ham bolaning qayt qilishi tezda o‘tib ketmasa, shifokor maslahatini olish va uning nazoratida davolanishni boshlash tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!