Bosh sahifaMaslahatlarBulg‘or qalampirini qishgacha yangidek saqlash bo‘yicha tavsiyalar

Bulg‘or qalampirini qishgacha yangidek saqlash bo‘yicha tavsiyalar


Lavlagi, sabzi va kartoshka bahorgacha salqin joyda mukammal saqlansa, bulg‘or qalampiri aksincha, tezda eskiradi. Qishda bu sabzavotning narxi, albatta, ko‘tariladi. Ammo uning shirin ta’midan bahramand bo‘lish istagi tinch qo‘ymasligi ham mumkin. “Noviy ochag” nashri qish uchun olib qo‘yiladigan bulg‘ori qalampirini qanday qilib vitaminlar bilan birgalikda saqlash mumkinligi bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Ichi qiyma bilan to‘ldirilgan bulg‘ori eng mazali taomlardan biridir. Uni tayyorlash uchun ko‘plab retseptlar mavjud. Ammo qishda yangi bulg‘ori sotib olishga har doim imkoniyat bo‘lmasligi mumkin, sababi bu qimmatga tushadi. Qishda sevimli taom, shuningdek, salat va boshqa yeguliklar uchun sabzavotni saqlab qo‘yishning bir necha qoidalari mavjud.

Bulg‘ori qalampirini butunligicha muzlatish

  1. Bulg‘ori yaxshilab yuvib quritiladi.
  2. Sabzavotning ichi urug‘lardan tozalanadi.
  3. Hajmiga ko‘ra uch-to‘rt dona bulg‘ori bir-birining ichiga kiritiladi.
  4. So‘ngra paketga solib sovitkichga qo‘yiladi.
Qishda ulardan mazali taom tayyorlash mumkin. Bulg‘ori, albatta, biroz yumshoq bo‘lishi mumkin, lekin hidi, ta’mi, vitamin va foydali elementlari saqlanib qoladi. Bulg‘orilarni maxsus havo kirmaydigan paket yoki konteyenerda saqlash tavsiya etiladi.

Bulg‘ori qalampirini bo‘laklangan holda muzlatish

Ushbu usul uchun notekis, ozgina buzilgan yoki biroz zarar ko‘rgan sabzavotlarga mos keladi.

Foto: “Noviy ochag”
  1. Sabzavot yuvib quritiladi.
  2. Poyasi va urug‘i olib tashlanadi.
  3. Bir xil qismlarga ajratilgach sovitkichga qo‘yiladi.
  4. Ular muzlagandan keyingina paket yoki havo o‘tkazmaydigan idishlarga joylashtiriladi va yana sovitkichga qo‘yiladi.
  5. Qishda kerakli miqdorda bulg‘orilardan foydalanib, taomlarga qo‘shish mumkin.
Bulg‘ori qalampirini butunligicha tuzlash
  • bulg‘ori qalampiri — 12-15 dona;
  • tuz — 3 osh qoshiq;
  • shakar — 3 osh qoshiq;
  • suv — 1,5-2 litr
  • sirka 9 foizli — 3 osh qoshiq.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Bankalar sterilizatsiya qilinadi.
  2. Bulg‘ori qalampiri urug‘lardan tozalanadi va yuviladi.
  3. Katta idishda suv qaynatib olinadi, ichiga bulg‘orilar solinib, 1-3 daqiqa davomida pishiriladi.
  4. Sabzavotlar qozondan olinib, sovitishga qo‘yiladi.
  5. So‘ngra ular bankalarga iloji boricha zich joylashtiriladi.
  6. Bulg‘ori qaynatilgan suvga tuz, shakar qo‘shiladi va qaynatishda davom etiladi.
  7. Bulg‘ori solingan bankalarga sirka va qaynagan suv quyiladi va qopqog‘i yopiladi.
  8. Bankalar teskari tomonga ag‘darilib, to‘liq soviguncha o‘rab qo‘yiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Bulg‘ori qalampirini bo‘laklab tuzlash

Kerakli mahsulotlar:

  • bulg‘or qalampiri — 5 kilogramm;
  • o‘simlik yog‘i — 0,5 litr;
  • sirka 9 foizli — 0,5 litr;
  • shakar — 450 gramm
  • lavr yaprog‘i, qor yirik murch.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Idishlar sterilizatsiya qilinadi, qopqoqlar qaynatib olinadi.
  2. Bulg‘orilar yuvilib, tozalanib, 4 bo‘lakka bo‘linadi.
  3. Suvga o‘simlik yog‘i, sirka, shakar qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  4. Qaynab chiqqach, garimdorining bir qismi qozonga solinadi va 5 daqiqa davomida pishiriladi va qolgan qismi ham xuddi shunday takrorlanadi.
  5. Har bir bankaga ikkita lavr yaprog‘i va beshta qora murch solinadi. Ustidan bulg‘ori solinadi.
  6. Ustidan suv quyilib, bankalar qopqog‘i yopiladi va soviguncha o‘rab qo‘yiladi.
  7. Ushbu shaklda marinadlangan bulg‘ori butunlay mustaqil gazak sifatida, shuningdek, ular taom uchun ham ishlatilishi mumkin.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!