Bosh sahifaSalomatlikBosh og‘rig‘imi yoki insult — ular orasidagi 4 ta farq

Bosh og‘rig‘imi yoki insult — ular orasidagi 4 ta farq


Bemor insultga chalinishi arafasida shifokorlar miya shikastlanishining oldini olish uchun faqat bir necha soatga ega. Bunday vaqtda shifokorga qanchalik tez murojaat qilinsa, salomatlik va hatto hayotni saqlab qolish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi. Ammo insultni shunchaki bosh og‘rig‘idan qanday ajratish mumkin? “Noviy ochag” nashri ushbu savolga javob berdi.

Foto: “Noviy ochag”

Insult dunyodagi o‘limga olib boruvchi ikkinchi eng keng tarqalgan kasallikdir. Shifokorlar ogohlantirganidek, insultni boshdan kechirgan bemorlarning atigi 16 foizi kasallikdan to‘liq tuzaladi va birinchi xurujdan keyin 5 yil ichida omon qolganlarning 50 foizi yana insultni boshdan kechiradi.

Nima uchun insult uchun o‘z vaqtida shifokor chaqirish muhim?

Xuruj sodir bo‘lganda, shifokorlarga yordam berish uchun atigi 3,5-4 soat vaqt bor: aks holda, vaziyat og‘irlashishi mumkin va bemor nogiron bo‘lib qoladi yoki vafot etadi. Shuning uchun insultning dastlabki belgilarini bilish va ularni aniqlash, darhol tez yordam chaqirish juda muhim.

Insultning eng ko‘p uchraydigan alomati — kuchli va to‘satdan bosh og‘rishi. Ammo, afsuski, ko‘pincha migrenning alomati bilan ko‘pchilik yashashga o‘rganib ketgan. Migren, bosh og‘rig‘i va insult o‘rtasida farq bormi? Albatta, bor, ularni bilib olish salomatlik uchun foydalidir.

40 yoshdan oshgansiz va ilgari migren bilan kasallanmagansiz?

O‘rta yoshda migren juda kamdan-kam hollarda rivojlanadi, odatda birinchi marta o‘smirlik davrida paydo bo‘ladi va insonga butun umri davomida hamrohlik qiladi. Agar 40 yosh va undan katta bo‘lsangiz va ilgari migrenni boshdan kechirmagan bo‘lsangiz, to‘satdan paydo bo‘lgan kuchli bosh og‘rig‘ida shoshilinch tez yordam chaqirish tavsiya etiladi. Chunki bu insultning alomati bo‘lishi mumkin.

Aura belgilari odatdagidan farq qiladi

Ko‘ngil aynishi, yorug‘lik va shovqinga sezgirlikning oshishi, qorin og‘rig‘i, diqqatni jamlashda qiyinchilik, bosh aylanishi, ko‘rish muammolari va hatto gapirishda qiyinchilik — bularning barchasi migren aurasining belgilaridir. Qoidaga ko‘ra, bitta odamda ushbu belgilarning barchasi kamdan-kam uchraydi — ko‘pincha o‘ziga xos alomatlar qiynaydi, afsuski, ular tezda odatiy holga aylanadi. Agar to‘satdan bosh og‘rig‘i xuruji g‘ayrioddiy alomatlar bilan birga kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak, chunki bu safar migren emasligi ehtimoli juda yuqori.

Simptomlar to‘satdan hujum qiladi

Hatto eng kuchli migren ham odatda asta-sekin rivojlanadi: bosh og‘rig‘i ham, aura belgilari ham sekin ortib boradi. Insult holatida alomatlar tom ma’noda bemorni butunlay egallab oladi: bir daqiqa oldin hamma narsa yaxshi bo‘lib tuyiladi va keyingi daqiqada bosh og‘rig‘i chidab bo‘lmas darajada kuchayadi. Shuning uchun darhol tez yordam chaqirish tavsiya etiladi.

Salbiy alomatlardan azob chekasizmi?

Insult ko‘pincha salbiy alomatlar bilan birga keladi: zaiflik, ko‘rish qobiliyatining pasayishi, sezuvchanlikning yo‘qolishi. Migrenda esa aksincha ijobiy alomatlar kuzatiladi, ular ham yoqimsiz bo‘lsa-da, shunchaki odatdagidek bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Migren va insult o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

Afsuski ha, aura bilan kuzatiladigan migrendan aziyat chekadigan bemorlar bu kasallikni hech qachon boshdan kechirmaganlarga qaraganda ikki baravar ko‘proq insultga duchor bo‘ladi. Agar shunday bo‘lsa, qon bosimini nazorat qilish, chekishni to‘xtatish, spirtli ichimliklar va kofeinni iste’mol qilishni nazorat qilish va muntazam ravishda mashq qilish juda muhimdir.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!