Bosh sahifaSalomatlikHar kuni sabzi iste’mol qilish uchun 4 ta sabab

Har kuni sabzi iste’mol qilish uchun 4 ta sabab


Har bir porsiyada 30 kaloriya va bir grammdan kam yog‘ bo‘lgan sabzi to‘g‘ri ovqatlanishning asosiy mahsuloti hisoblanadi. Sabzi ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan A vitaminiga boy. “Noviy ochag” nashri har kuni sabzi iste’mol qilish uchun 4 ta sabab bilan tanshtirib o‘tdi.

Foto: “Noiy ochag”

Sabzida mavjud:

  • 30 kaloriya;
  • 7 gramm uglevod;
  • 0,68 gramm oqsil;
  • 1 gramm yog‘;
  • 2 gramm kletchatka;
  • 3,41 gramm shakar;
  • 50 mg natriy;
  • 230 mg kaliy;
  • 9 mg magniy;
  • 4,2 mg C vitamini;
  • 14 mkg foliy kislotasi;
  • 12028 IU A vitamini;
  • 0,48 mg E vitamini;
  • 9,5 mkg K vitamini.
Sabzining foydali xususiyatlari

Sabzi shunchaki past kaloriyali gazak emas. Agar sabzi ratsionning bir qismiga aylansa, quyidagi foydalarga ega bo‘lish mumkin:

Ko‘rish qobiliyatini saqlab qoladi: A vitamini ko‘z salomatligi uchun javobgardir.

Immunitet tizimini mustahkamlaydi: A vitamini hujayralar o‘sishiga ham yordam beradi.

Klechatka tufayli oshqozon-ichak traktining faoliyati yaxshilanadi.

Saraton xavfi kamayadi: Beta-karotin qarish bilan bog‘liq sog‘liq muammolarini, shu jumladan oshqozon va prostata saratoni, shuningdek, yallig‘lanish va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi.

Sabzini qancha miqdorda iste’mol qilish kerak?

Ko‘pgina mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish vazn ortishiga olib kelishi mumkin, ammo sabzi miqdori bilan bu natijaga erishish juda qiyin. Sabzi beta-karotin va A vitaminining asosiy manbai hisoblanadi. Bitta katta sabzi kundalik ehtiyojni ikki baravarga to‘ldiradi.

Sabzini tozalab iste’mol qilish kerakmi?

Po‘stloq tarkibida sabzidagi antioksidantlarning yarmi (fenol birikmalari deb ataladi) mavjud, shuning uchun ularni tozalash o‘rniga yaxshilab yuvishga harakat qilish lozim. Biroq agar keyinroq iste’mol qilish uchun sabzi maydalansa, uni tozalash saqlash muddatini uzaytirishga yordam beradi.

Barcha turdagi sabzi, rangidan qat’i nazar, foydali moddalar bilan to‘yingan, ammo turli xil navlarning tarkibi boshqacha. Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘q yoki binafsha sabzi tarkibidagi flavonoidlar antioksidant, yallig‘lanishga qarshi va mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, to‘q rangli sabzi tarkibidagi polifenol, flavonoid va karotinoidlar surunkali kasalliklardan sezilarli darajada himoya qilishi mumkin.

Sabzini qanday pishirish kerak?

Sabzini pishirish uning ozuqaviy qiymatini kamaytirishi mumkin, ammo ularni saqlab qolish uchun mahsulot muzlatilishi mumkin. Sabzidan sho‘rva, salat yoki pechda yong‘oq bilan pishirib, mazali yeguliklar tayyorlash tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!