Bosh sahifaGoʼzallikSochlarning siyraklashishi, teri qurishi va qarish jarayonining boshlanganidan darak beruvchi yana 3 ta alomat

Sochlarning siyraklashishi, teri qurishi va qarish jarayonining boshlanganidan darak beruvchi yana 3 ta alomat


Hamma ham bu lahzani imkon qadar orqaga surishni xohlaydi. Ajin tushishi, terining qarishi, giperpigmentatsiya va boshqalar har qanday ayolda ham xavotir hissini paydo qiladi. Biroq keksalikning barcha mumkin bo‘lgan belgilarini bilib qo‘yish — bu jarayonni iloji boricha ortga surishga imkon berishi mumkin, deb yozadi Wday.

Foto: Wday

Teri qurishi

Kosmetologlarning ta’kidlashicha, aralash yoki yog‘li teriga ega odamlar boshqalarga qaraganda ancha sekin qariydi. Buning barchasi ularning terisi doimiy oziqlanish va namlanishga muhtoj emasligi bilan bog‘liq. Quruq teri qoida tariqasida, doimo suvsizlanadi, teri ko‘chishiga moyil bo‘ladi. Uning kuchayishi yuzdagi ajinlar paydo bo‘lishining asosiy sababi bo‘lishi mumkin.

Muammoning yechimi glitserinni o‘z ichiga olgan namlantiruvchilardan foydalanish kerak, aynan u terining sirt qatlamida suv molekulalarini ushlab turadi. Shuningdek, gialuron kislotasi terini namlik bilan to‘yintiradi, shuningdek, ajinlar tushishining oldini oladi. Gialuron kislotasi bilan preparat yuzning ma’lum joylariga qat’iy belgilangan tartibda kiritiladi, bu yumshoq va tabiiy ravishda terining tortilishiga imkon beradi.

Yuz rangining xiralashishi

Bu kuchli charchoq va quyosh yetarli emasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, chunki shaharda yashovchi deyarli barcha aholining terisi xira rangga ega. Ammo teri tonusi notekis va bo‘yinda dog‘lar paydo bo‘lsa, bu qarish jarayoni sodir bo‘layotganining aniq belgisidir.

Muammoning yechimi C vitaminini o‘z ichiga olgan mahsulotlardan, shuningdek antioksidantlardan foydalanishdir. Ular terining holatini tekislaydi va uni himoya qiladi. Shuningdek, SPF mahsulotidan foydalanishni unutmaslik kerak.

Imo-ishora ajinlari

Birinchi ajinlar mutlaqo har qanday yoshda, 18 va 25 yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Bu ko‘p jihatdan faol yuz ifodalari va quruq teriga bog‘liq. Avvalo,  ular ko‘zlarning burchaklarida paydo bo‘ladi, so‘ngra peshona, qoshlar o‘rtasi va lab burchaklariga tusha boshlaydi.

Ushbu holatda qarishga qarshi vositalardan foydalanishni darhol boshlash tavsiya etiladi, chunki ular mimik ajinlar bilan samarali kurashadi.

Pigment dog‘lar

Yoshlikda bu kabi rangi to‘q dog‘lar bezovta qilmaydi, chunki organizmdagi melanin to‘g‘ri ishlab chiqariladi va ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiladi. U juda ko‘p yoki aksincha, yetarli bo‘lmaganda, yosh bilan bog‘liq dog‘lar paydo bo‘ladi. Ular erta qarishning boshlanganidan darak beradi.

Bu kabi dog‘larning oldini olish uchun yuqori himoya omiliga ega kremdan ishlatish kerak. Agar ular allaqachon paydo bo‘lgan bo‘lsa, oqartiruvchi effektli mahsulotlarni diqqat bilan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi yoki ularni lazer yordamida butunlay olib tashlaydigan kosmetologga murojaat qilish mumkin.

Sochlarning siyraklashishi

Albatta, yosh o‘tgan sari sochlar zaif va siyrakraklashadi. Bu, asosan, har bir to‘kilishdan keyin o‘rnini bosadigan sochlarning sog‘lom o‘sishi uchun kuchga ega emasligi bilan bog‘liq. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan soch o‘sishini rag‘batlantiradigan va qalinlashtiradigan mahsulotlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Yuz shaklining o‘zgarishi

O‘z kollagenini ishlab chiqarish 30 yoshdan keyin sekinlasha boshlaydi, shuning uchun jag‘ chizig‘i o‘zgaradi va teri osilishi paydo bo‘ladi. Bularning barchasi avtomatik ravishda yoshga yosh qo‘shadi.

Ushbu vaziyatda eng zararsiz protsedura — bu massaj. Muayyan harakatlar to‘qimalarda ichki jarayonlarni faollashtiradi, terining holatini yaxshilaydi va yuz shakli tekislanadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!