Bosh sahifaSalomatlikKo‘ngil aynishidan xalos bo‘lishga yordam beradigan 8 ta mahsulot

Ko‘ngil aynishidan xalos bo‘lishga yordam beradigan 8 ta mahsulot


Ko‘ngil aynishidan yoqimsiz narsa yo‘q — u yengil bo‘lsa ham. Xo‘sh, jiddiyroq bosqichga qadar nima qilish kerak? Lisa.ru nashri tabletkalarni tavsiya etmaydi. Yordam berishi kerak bo‘lgan narsalarni yeyishga harakat qiling.

Foto: Pinterest

Zanjabil

Zanjabil tarkibida gingerol va segaollar, achchiq ta’mni beruvchi moddalar, shuningdek, ko‘ngil aynishi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlar mavjud. Ko‘pgina tadqiqotlar zanjabilning ko‘ngil aynish va qayt qilishga qarshi vosita sifatida samaradorligini allaqachon isbotladi.

Limon

Birinchidan, limon hidining o‘zi miyani ko‘ngil aynishidan chalg‘itishga qodir. Limon shuningdek, tanadan toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Ularni o‘zingiz yoqtirgan tarzda iste'mol qiling: choyga, suvga qo‘shing yoki hech bo‘lmaganda hidlang. 2014-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, yangi limon hididan nafas olish homilador ayollarga ko‘ngil aynishida yordam beradi.

Olma

Olma tarkibida kletchatkalar mavjud bo‘lib, u organizmdan toksinlarni tezroq ketkazishga yordam beradi. Kletchatka esa ovqat hazm qilishni sekinlashtiradi va yengillashtiradi, bu esa ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi. Biroq ko‘p miqdordagi kletchatkalar, aksincha, faqat ko‘ngil aynishini oshiradi.

Yalpiz

Yalpiz oshqozonimizdagi barcha jarayonlarning ishlashini yaxshilash bilan birga ovqat hazm qilish tizimi orqali safro chiqishiga yordam beradi. Yalpizdan choy damlash yoki bir nechta bargini chaynash mumkin.

Muzdek mahsulotlar

Odatda ko‘ngil aynish va hidlarga sezgirlik bir-biriga mos keladi. Buni yengishning bir yo‘li muzdek mahsulotlarga murojaat qilishdir, chunki ular issiq ovqatlarga qaraganda kamroq ta’mga ega. Bu borada muzqaymoq yaxshi variant. Agar umuman ovqat yeyishni xohlamasangiz, og‘izga muz bo‘lagini solib olishingiz ham mumkin.

Tovuqli bulyon

Limon va yalpiz yordam berishi mumkin, ammo ular ochlikni qondira olmaydi (hatto kasal bo‘lganingizda ham biror narsa yeyishingiz kerak). Odatda, kasal bo‘lganimizda yoki shamollaganimizda, tovuq buloni tayyorlaymiz.

Chili qalampiri

Hayron bo‘lishingiz mumkin, ammo chilining kimyoviy tarkibiy qismi bo‘lgan kapsaitsin, issiqlik beradi, 80-yillardan beri og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llaniladi. Xuddi shu xususiyat ko‘ngil aynish uchun samarali vosita bo‘ladi.

Obaki

Gipoglikemiya va ko‘ngil aynishi o‘rtasida bog‘liqlik mavjud, shuning uchun ba’zida ozgina shirin ta’m ko‘ngil aynishini kamaytirishga yordam beradi. Ikkitasini bittasiga birlashtira olasiz — limonli xushbo‘y obakilar ko‘ngil aynishini qoldirish uchun ajoyib vosita bo‘ladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!