Bosh sahifaMaslahatlarO‘zida ko‘proq bakteriya to‘playdigan 8 ta kundalik buyum va ularni tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar 

O‘zida ko‘proq bakteriya to‘playdigan 8 ta kundalik buyum va ularni tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar 


Hamyon va sport sumkasi — ularda qanday umumiylik bo‘lishi mumkin? Afsuski, ushbu buyumlar o‘zida biz kutgandan ham ko‘ra ko‘proq bakteriyalarni to‘playdi. “Noviy ochag” nashri bu ro‘yxatga kiradigan boshqa buyumlar hamda ularni tezda tozalash bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest

Sumka

Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan oddiy sumkalardan olingan mikrobiologik testlar qiziqarli natijani ko‘rsatdi. Mashhur yorliqlarga qo‘shimcha ravishda, sumkalarning 90 foizida turli xil bakteriyalar mavjud bo‘lib, bu boshqa joylarga qaraganda olti baravar ko‘pdir. Shuning uchun sumka ichidagi keraksiz eski qog‘ozlar, mayda pullar va boshqa chiqindilarni tashlash lozim. Charm sumkalarni ham vaqti-vaqti bilan tozalashni unutmang.

Hamyon

Sumka ichiga biroz chuqurroq sho‘ng‘isa, u yerda, albatta, hamyon bor. Afsuski, ayollarning hamyoni erkaklarnikiga qaraganda ancha yomon ahvolda. Buni shafqatsiz statistika ham tasdiqlaydi. Sababi ayollar undan erkaklarga qaraganda ko‘proq foydalanadi. Xarid chog‘ida qo‘lida olib yuradi, rastalarga qo‘yadi. Muammoning yechim shuki, agar hamyon charm bo‘lsa, tozalash mumkin. Aksincha bo‘lsa, uni tozalash hamyonga zarar bersa, yangisini sotib olish tavsiya etiladi.

Sport sumkasi

Sog‘lom va hamisha tashqi ko‘rinishda o‘zgarish bo‘lmasligi uchun sport zaliga tashrif buyurish yaxshi. Ammo inson o‘zi bilmagan holda salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Odatda sport sumkasi bakteriyalar manbasiga aylanib qoladi. Ma’lum bo‘lishicha, bu tufayli ichaklarda turli kasalliklar kelib chiqish ehimoli mavjud. Shuning uchun sumka yorlig‘idagi ko‘rsatmaga ko‘ra sport sumkasini muntazam tozalashni unutmaslik kerak.

Uyali aloqa

Kun-u tun foydalaniladigan uyali aloqa ekranida tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada mikrob va bakteriyalar yashaydi. Ularni hamisha quloq va yuz sohasiga yaqin keltirish tufayli bakteriyalar og‘iz bo‘shlig‘iga ham oson kirish mumkin. Shuning uchun uyali aloqani kuniga bir marotaba tozalash kerak.

Tozalash jarayonida maxsus spirtli vositalar hamda yumshoq matodan foydalanish lozim. Aks holda telefon ekrani yoki kamerasiga zarar yetishi mumkin.

Makiyaj cho‘tkalari

Makiyaj cho‘tkalari o‘lik teri hujayralari, bakteriyalar, kir, chang va kosmetika qoldiqlarini o‘zida to‘playdi. Vaqt o‘tib, ushbu bakteriyalar to‘plami yuz terisida husnbuzar va yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Shuning uchun har safar makiyaj cho‘tkasidan foydalanilgach, ular maxsus vositalar yordamida tozalash va quritish tavsiya etiladi.

Tish cho‘tkasi

Hamisha nam havosi tufayli hammomda saqlanadigan tish cho‘tkalarini tez-tez almashtirib turish zarur. Sababi nam sharoit bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Undan uzoq muddat takroran foydalanish esa organizmda jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.

Zargarlik buyumlari

Zargarlik buyumlari, ayniqsa har kuni taqiladigan uzuklar barcha narsalar bilan aloqa qiladi va bu ko‘zga ko‘rinmas bakteriyalar ko‘payishi uchun qulay joy. Zargarlik buyumlarini tozalash uchun maxsus vositalardan foydalanish mumkin.

Ishda zargarlik buyumlarini taqmaslik lozim, ayniqsa faoliyat dori-darmon yoki oziq-ovqat ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lsa. Yoki qo‘llarni tozalaganda uzuklarni ham yechib tozalashni unutmaslik lozim.

Kompyuter klaviaturasi

Kompyuter qarshisida ovqatlanmaydiganlar klaviaturasida ham mikroblar to‘planishi tabiiy. Chunki foydalanish jarayonida kulish, yo‘talish va aksirish natijasida mikroblar klaviaturadan joy oladi. Shuning uchun muntazam ravishda yumshoq, nam mato va spirtli salfetkalar bilan uni artib turish kerak.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!