Bosh sahifaGoʼzallikSoch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot

Soch to‘kilishiga qarshi kurashda yordam beradigan 6 ta mahsulot


Agar soch erkaklik gormoni darajasining ko‘payishi tufayli siyraklashsa, ushbu muammoni bartaraf etishda tabiiy mahsulotlar yordam beradi, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Nima uchun sochlar to‘kiladi?

Ko‘pincha erkaklarda ham, ayollarda ham sochlar androgenlar ta’sirida siyraklasha boshlaydi. Buning asosiy aybdori digidrotestosteron (DGT) deb ataladigan gormondir. Organizm tabiiy ravishda bu moddani 5-alfa reduktaza fermenti yordamida testosterondan ishlab chiqaradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez bilan to‘xtatish testosteron DGT ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va shu bilan sochlarni to‘kilishidan himoya qiladi.

Quyidagi tabiiy mahsulotlar soch to‘kilishining oldini oladi:

Ko‘k choy

Ko‘k choy dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biridir. Choy butasining barglari ko‘k choy ishlab chiqarish uchun bug‘langanligi sababli, ichimlik o‘zining foydali tabiiy birikmalarini ko‘proq saqlaydi. Ular orasida vazn yo‘qotish, yurak va miya salomatligini yaxshilashga yordam beradigan epigallokatexin gallat (EGCG) bor. Yaxshi xabar shundaki, bu foydali birikma soch follikulalarini DGT ning zararli ta’siridan ham himoya qiladi.

Kokos yog‘i

Kokos yog‘i oshxonada ham, kosmetikada ham keng qo‘llaniladi. U triglitseridlardan yog‘ning yuqori foizini o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati laurik kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar bu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishni to‘xtatishini isbotladi.

Piyoz 

Piyoz o‘zining achchiqligi va ta’mi uchun ko‘plab taomlarda faol ishlatiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kvarsetin kabi antioksidantlarning yuqori tarkibiga ega. Kvarsetin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosteron DGT ishlab chiqarishni bartaraf etadi.

Zarchava

Zarchava — taomlarda keng qo‘llaniladigan ushbu ziravor parhez qo‘shimchasi sifatida ham mashhur. Olimlar zarchava yallig‘lanishni kamaytirish, artrit og‘rig‘ini kamaytirish, qondagi xolesterin darajasini me’yorlashtirish va jismoniy mashqlardan tiklanishga yordam berishda ajoyib mahsulot ekanini isbotladi.

Zarchavaning sog‘liq uchun foydalari kurkuminoid oilasining faol birikmasi bo‘lgan kurkumindan kelib chiqadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kurkumin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini to‘xtatish orqali DGT darajasini pasaytiradi.

Qovoq urug‘lari

Qovoq — kuzning haqiqiy ramzi, kechki ovqat va sabzavotli sho‘rvalarga qo‘shiladi. Qovoq tarkibida temir, rux, magniy va antioksidantlarga boy yuzlab sog‘lom urug‘lar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi.

Olti oylik tadqiqot davomida peshonasida soch to‘kilishi yuzaga kelgan 76 nafar erkak o‘rganildi. Kuniga 400 mg qovoq urug‘i yog‘i qo‘shimchasini qabul qilganlarda soch o‘sishi tezlashdi. Biroq guruhlar o‘rtasida soch qalinligida sezilarli farqlar kuzatilmadi.

Maxsus fermentning to‘xtatishi testosteron digidrotestosteron ishlab chiqarishga ta’sir qiladi, ya’ni soch o‘sishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Tadqiqot ishtirokchilari qabul qilgan qo‘shimchada boshqa faol moddalar ham bor bo‘lib, shuning uchun olimlar buning hammasi qovoq urug‘i yog‘i tufaylimi yoki yo‘qligini to‘liq ishonch bilan ayta olmaydi.

Loviya

Loviya (edamame) — ko‘pincha garnir yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Oqsil va kletchatkaga boy bo‘lishidan tashqari, loviya izoflavonlarga, DGT darajasini pasaytiradigan foydali o‘simlik birikmalariga boy. Olib borilgan ko‘pgina tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, loviyani ratsionga kiritish soch o‘sishini rag‘batlantiradi.

Soch to‘kilishini yana qanday davolash mumkin?

Sochlar turli sabablarga ko‘ra to‘kilishi mumkin va DGT darajasining oshishi bor-yo‘g‘i sabablardan biri xolos. Agar soch me’yoridan ortiq to‘kilishi kuzatilsa, trixolog bilan bog‘lanib, tekshiruvlardan o‘tish lozim.

Natijalarga qarab, shifokor qon tomirlarini kengaytirish yoki 5-alfa reduktazani to‘xtatish uchun preparatlar buyurishi mumkin. Shifokor retseptisiz dori-darmonlar qabul qilish mumkin emas, ular nojo‘ya ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Soch ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli siyraklashsa, vitaminlar yordam beradi. Misol uchun, Shveysariyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soch to‘kilishidan aziyat chekadigan ayollarning 38 foizida biotin yetishmaydi. Sochga mos keladigan boshqa oziq moddalar oqsil, rux, temir va C va A vitaminlarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!