Bosh sahifaSalomatlikKislorodli yurish: erta turish va sayrga chiqish uchun 5 ta sabab

Kislorodli yurish: erta turish va sayrga chiqish uchun 5 ta sabab


Ertaroq to‘shakdan turishingiz va biroz sayr qilishingiz uchun bir nechta foydali sabablarni taqdim qilamiz.

Foto: Pinterest

Alsgeymer kasalligi rivojlanish xavfini kamaytiradi

Ertalab yurish mushaklarni mustahkamlaydi, miyani tozalaydi, ruhiy salomatlikni yaxshilaydi va Alsgeymer kasalligini rivojlanish xavfini kamaytiradi, deydi shifokorlar. Ushbu holat bo‘yicha 2020-yilda o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ko‘proq yuradigan ayollar kamroq kognitiv buzilishlarga duchor bo‘lishadi. Demak, qaysidir ma’noda qarilikdan biroz uzoqlasha olasiz.

Koronavirus kabi infeksiyalarni yuqtirish xavfi kamayadi

Kundalik yurish immunitetni mustahkamlaydi va yuqumli kasalliklarni yuqtirish xavfini kamaytiradi. Mutaxassislarning fikricha, doimiy kasallik tahdidiga qarshi kurashish uchun sog‘lom turmush tarzi muhim ahamiyatga ega, piyoda yurish esa bunga erishishning oson yo‘lidir.

Qon bosimi pasayadi

Muntazam yurishning yurak salomatligi uchun foydasi ham ilmiy jihatdan tasdiqlangan, chunki yurish paytida yurak urishi biroz ko‘tariladi (hatto bunday emasdek tuyulsa ham). Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri qon bosimini pasaytirishga yordam beradi.

Stressni kamaytiradi va kayfiyatni ko‘taradi

Yurish fikringizni tozalashga va kayfiyatingizni ko‘tarishga yordam beradi. Atrof-muhitni o‘rganish va jamoat salomatligi xalqaro jurnalida chop etilgan 2020-yilgi tadqiqotga ko‘ra, muntazam ravishda piyoda yurgan yoki boshqa mashqlar bilan shug‘ullanadigan respondentlar buni muntazam ravishda qilmaganlarga qaraganda yaxshiroq hissiy salomatlikka ega bo‘lgan.

Organizmning nafas olish uchun kisloroddan foydalanish qobiliyatini yaxshilaydi

Agar shifokorning ruxsati bo‘lsa, ertalab yurish surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi bo‘lgan odamlar uchun katta foyda keltiradi. Yurish kam ta’sirli faoliyatdir, shuning uchun u alveolalarning kislorodni qabul qilish qobiliyatini yaxshilaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!