Bosh sahifaGoʼzallikOrganikmi yoki odatiy? Soch bo‘yog‘i haqida bilib qo‘yish kerak bo‘lgan ma’lumotlar

Organikmi yoki odatiy? Soch bo‘yog‘i haqida bilib qo‘yish kerak bo‘lgan ma’lumotlar


So‘nggi paytlarda organik narsalarga ustunlik berish urfga aylandi. Bu, ayniqsa, kosmetikada ko‘proq uchraydi. Oddiy bo‘yoqdan organik rangga o‘tishim kerakmi? “Noviy ochag” nashri professionallar yordamida qaysi soch bo‘yog‘ini tanlash yaxshiroq ekanini ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Organik bo‘yoqlarda ammiak bormi?

Organik bo‘yoqlarda ammiak mavjud. Ammiakning hidi oddiy soch bo‘yog‘idan foydalangandan ko‘ra kuchliroq bo‘lib tuyilishi mumkin, ammo bu organik bo‘yoqda ammiak ko‘p degani emas, shunchaki ishlab chiqaruvchilar uning hidini yo‘qotish uchun xushbo‘ylantiruvchilardan foydalanmaydi.

Foto: Pinterest

Organik bo‘yoq tezroq o‘chib ketadimi?

U odatdagidek sochlarda qoladi va ehtimol yuvishda biroz ko‘proq vaqt oladi. Chunki organik bo‘yoqdan foydalangandan keyin sochlar silliqlashadi va pigmentni yaxshiroq ushlab turadi. Tabiiy pigmentlar xina, basma bo‘lib, ular katta molekulalarga ega va soch tolalariga kirish qobiliyati past.

Foto: Pinterest

“Bo‘yashdan keyin sochlarim hajmini yo‘qotdi. Nega?”

Organik bo‘yoq bilan bo‘yalgandan so‘ng sochlar juda silliq, ipakdek mayin bo‘ladi, shuning uchun u kamroq hajmli bo‘lib tuyilishi mumkin. Darhaqiqat, tabiiy hajm hech qayerga ketmaydi, shunchaki bir-biriga mahkam o‘rnashganligi sababli, sochlar ishmaydi va soch turmagi silliqroq ko‘rinadi. Ko‘proq hajmga erishish uchun maxsus uskunlaradan foydalanish mumkin.

Foto: Pinterest

“Mening bosh terim ta’sirchan. Bo‘yoq allergiya beradimi?”

An’anaviy bo‘yoq holatida bo‘lgani kabi, allergiya tekshiruvini oldindan o‘tkazish tavsiya etiladi. Ammo statistik ma’lumotlarga ko‘ra, organik bo‘yoqqa allergik reaksiya oddiy bo‘yoqdan ko‘ra kamroq. Bundan tashqari, bo‘yoq tarkibida bosh terisini tinchlantiruvchi va sovitadigan ingredientlar mavjud bo‘lib, bu rang berish jarayonini yanada qulayroq qiladi.

Foto: Pinterest

Organik bo‘yoqlar uchun ranglar palitrasi qanchalik keng?

Odatdagidan ancha kengroq, chunki u cheksizdir. Organik rang berishda tayyor kompozitsiyalar yo‘q, mutaxassis har bir rangni mijoz uchun alohida tayyorlaydi. Maxsus kartada unga qaysi ranglardan qancha nisbatda  foydalanganlik kiritiladi, bu har doim o‘ziga xos, betakror kombinatsiya bo‘lib, u faqat sizniki bo‘ladi.

Foto: Pinterest

Bo‘yash jarayoni qancha davom etadi?

Odatda jarayon 20-30 daqiqa davom etadi.

Organik bo‘yoq oqargan sochlarni berkitadimi?

Oddiy bo‘yoqlarga qaraganda ancha samarali, chunki formulani qo‘lda tuzish tufayli iloji boricha tabiiy ko‘rinadigan rangni aniqroq tanlash mumkin. Oq sochlar ko‘proq kulrang yoki sariq rangga ega, rang tanlashda, albatta, bu ham inobatga olinadi.

Foto: Pinterest

Agar bu bo‘yoq xavfsiz bo‘lsa, demak, haftasiga kamida bir marta qayta bo‘yash mumkinmi?

Bo‘yoqni tez-tez yuvish va yangisini qo‘llash sochlarning tuzilishiga yomon ta’sir qiladi. Bo‘yashni har ikki haftada bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda amalga oshirish tavsiya etiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!