Bosh sahifaMaslahatlarUyqusizlikdan aziyat cheksangiz: tunda ventilyatorsiz xonani sovitishning 6 usuli

Uyqusizlikdan aziyat cheksangiz: tunda ventilyatorsiz xonani sovitishning 6 usuli


Yuqori harorat tunda uyqusizlikka olib keladi. Natijada ko‘pchilik yoz oylarida uyqusizlik va charchoqdan shikoyat qiladi. Ammo oddiygina uyqu sifatining yomonlashishi keyinchalik jiddiy kasalliklarga olib keladi. Marie Claire nashri tunda ventilyatorsiz xona salqinlatishning 6 usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: Marie Claire

Inson tana harorati kun davomida o‘zgarib turishi mumkin, bu ko‘pincha erta tong va tushdan keyin kuzatiladi. Biroq uyquga ketishi uchun organizm biroz sovishi kerak. Ko‘pgina insonlar xonani salqinlatish uchun tez-tez ventilyatorga murojaat qiladi, lekin kechalari ulardan foydalanishning ba’zi salbiy tomonlari bor. Ventilyatordan chiqqan havo og‘iz, burun va tomoqni quritishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tomoq og‘rig‘i yoki hatto xurrak otishga olib keladi. Bundan tashqari, ventilyator havoga chang tarqatadi, bu esa ba’zi odamlarda allergiyani keltirib chiqaradi.

Kun davomida pardalarni ochmang

Kunduzi quyosh qizib ketganda derazalarni yopish va pardalar yopish orqali uyni salqin saqlash mumkin. Bu yotishdan oldin xonani tunda salqin saqlashga yordam beradi. Qolaversa, kechasi  toza havo va shabada kirib turishi uchun derazalarni ochish mumkin.

Issiq odeyalni olib tashlamang

Bu aqlga zid bo‘lib tuyilishi mumkin, ammo yotishdan oldin issiq odeyalga o‘ranib yotish yoki iliq dush qabul qilish qon tomirlarining kengayishini rag‘batlantiradi. Bu usul ichki haroratni pasaytirishga yordam beradi va tana issiqligini yo‘qotishiga olib keladi.

Paxtali tungi kiyimlarda uxlang

Tungki kiyimlar imkon qadar bezaksiz va sintetika bo‘lmasligi kerak. Mutaxassislar salomatlik hamda qulaylik uchun ham paxta matosidan tikilgan kiyimlarni tavsiya qiladi. Paxtadan tikilgan kiyimlar badandan ajralgan terni o‘ziga singdirib, terining nafas olishiga yordam beradi.

Muz yoki sovuq grelkadan foydalaning

Mato yoki sochiq bilan o‘ralgan muz to‘plami olinib, (hech qachon muzni to‘g‘ridan to‘g‘ri teriga surtmang) qon teri yuzasiga yaqinroq oqadigan joylarga qo‘llanadi, bu tezda salqinlashga yordam beradi. Sovuq grelkadan foydalanish ham tana haroratini pasaytirishga hissa qo‘shadi.

Puls nuqtalarini namlang

Shuningdek, bilak yoki bo‘yin yon tomonlari kabi puls nuqtalariga suv sepish mumkin. Organizmdagi qon tomirlari sovuq suvga javob beradi va ichki haroratni bir zumda pasaytiradi. Biroq oyoq va qo‘llarni namlashdan saqlanish lozim, chunki bu uxlab qolishga xalaqit berishi mumkin.

Achchiq taomlar iste’mol qilmang

Oziqlanish ham uyqu sifatiga ta’sir qiladi. Iloji boricha yozda achchiq taomlardan qochishga harakat qilish lozim, chunki ular tana haroratini ko‘tarishi isbotlangan. Ammo kechqurun ovqat iste’mol qilish tavsiya etiladi, chunki organizm uni hazm qilishga harakat qiladi, bu esa o‘z navbatida uzoqroq uxlashga majbur qiladi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!