Bosh sahifaSalomatlikQovun tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Mutaxassisdan 5 ta layfxak

Qovun tanlashda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Mutaxassisdan 5 ta layfxak


Pishgan va mazali qovunni tanlash qiyin emas, asosiysi, ushbu poliz ekinini sotib olayotganda nimaga e’tibor berish kerakligini bilishdir, deb yozadi “Noviy ochag”.

Foto: “Noviy ochag”

Yangi va xushbo‘y hid

Pishgan qovun o‘ziga xos xushbo‘y hidga ega ega bo‘ladi. Shuning uchun xarid vaqtida qovunni hidlash kerak. Tashqi tomondan shikastlanish bo‘lsa, aynan o‘sha joydan chirish boshlanadi.

O‘t hidi pishmagan qovunlarga xosdir. Shuningdek, nordon yoki sharob hidi mahsulotda chirish jarayoni boshlanganidan darak beradi. Agar qovunning tashqi ko‘rinishi ajoyib, ammo hidi bo‘lmasa, uni sotib olish tavsiya etilmaydi.

Poya

Poyasiga qarab pishganligi va mazasini aniqlash tarvuz tanlashning asosiy mezonlaridan biridir. Ammo qovunda ham bularga e’tibor berish kerak. Butunlay quruq, jigarrang, mog‘or va chirish belgilari bo‘lmagan poyali qovun xarid qilish lozim. Poyalarning zararlangani bu mahsulotning sifatini pasaytiradi. Shuningdek, ularning bemaza chiqishi ehtimoli ko‘proq.

O‘lcham

Qovunni o‘rtacha kattalikdagisini olgan yaxshiroqdir. Ayrim turdagi qovunlar orasida eng kichigi ham, eng kattasi ham mazali bo‘ladi. O‘rtacha og‘irlik navlarga bog‘liq. Taxminan bir xil o‘lchamdagi ikkita qovundan og‘irrog‘ini sotib olish lozim. Bu ko‘proq shiralilikning ko‘rsatkichidir, qolaversa, qovunning yaxshi pishganidan darak beradi.

“Burun”

“Burun” — gulning birikish joyi. Yetuk namunalarda “burun” qovunning qolgan qismiga qaraganda biroz yumshoqroq bo‘lib, yengil bosilganda barmoq uchi biroz ichki tomonga kiradi. Biroq uni bosib ko‘rgandan so‘ng barmoq izi qolmasligi kerak. Uning haddan tashqari yumshoqligi sotib olmaslik uchun sababdir.

Ovoz

Ovoz ham poliz ekinining ishonchli ko‘rsatkichidir. Qovunga asta urib ko‘rilganda chiqadigan ovoz biroz xira bo‘lishi lozim. Lekin ovoz aniq chiqish kerak. Pishmagan holatda yulib olingan navlar go‘yo xirillash kabi shovqinliroq eshitiladi. Ortiqcha pishgan qovunlarda esa ovoz deyarli farq qilmaydi.

Qovun po‘stlog‘i

Ko‘pgina navlarning po‘sti  juda zich va elastikdir. Bu kabi po‘stloqlarni ko‘p kuch sarflamasdan ham o‘zgartirish mumkin. Bosim to‘xtagandan so‘ng po‘stloq asl holatiga qaytadi, uning yuzasida hech qanday iz qolmaydi. Ammo buning aksi bo‘lsa, qovun me’yoridan ortiq darajada pishib ketgan.

Pishgan qovun po‘stlog‘ining rangi deyarli butun yuzada bir xil bo‘lishi kerak. Shuningdek, asosiy rangdan biroz yengilroq dumaloq shakldagi kichik dog‘ning mavjudligi me’yor hisoblanadi. Bu mahsulotning yer bilan aloqada bo‘lganligi, shuning uchun bu kamroq quyosh nuri olganligidan darak.

Yashil dog‘lar esa qovunning pishmaganligidan dalolat beradi. Quyuq sariq va jigarrang dog‘larning mavjudligi chirishning asosiy belgilaridan biridir.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!