Bosh sahifaGoʼzallikTashqi ko‘rinishga putur yetkazadi: teriga zarar beradigan yozgi makiyajdagi 5 ta xato

Tashqi ko‘rinishga putur yetkazadi: teriga zarar beradigan yozgi makiyajdagi 5 ta xato


Hech kimga sir emaski, mavsumga qarab, makiyaj texnikasi sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Ba’zi mahsulotlar sovuqdagina yaxshi, lekin issiq oylarda, aksincha, ular nafaqat o‘z funksiyalarini bajaradi, balki teriga jiddiy zarar yetkazishi ham mumkin. Marie Claire nashri yozgi makiyajlarda ko‘proq yo‘l qo‘yiladigan xatolar haqda so‘z yuritdi.

Foto: Marie Claire

SPF himoyasining yetishmasligi

Ehtimol, qizlarning “Men yozda bo‘yanmayman, yuzim dam oladi” kabi yondashuvga rioya qilishi ham asosiy xatodir. Yuqori himoyaga ega SPF kremidan foydalanishni unutmaslik lozim. Yozda ultrabinafsha nurlari terining holatiga ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin: mavsum oxirida yuz terisi quriydi va suvsizlanadi, eng yomoni, turli xil dog‘lar ham paydo bo‘ladi.

Zamonaviy BB kremlari ham terini quyosh nurlaridan himoya qiluvchi ingredientlarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali bir o‘q bilan ikki quyonni urish mumkin: ham yuz tekislanadi, ham terisi himoyalanadi.

Makiyaj uchun tayyorlash bosqichiga e’tibor bermaslik

Ko‘pgina qizlar yozda makiyajdan oldin yuzni to‘g‘ri tayyorlash shart emas deb hisoblaydi: “Yuzga bir kilogramm kosmetika nimaga kerak? Shunchaki upa surtaman, yetadi”, — deydi o‘zlariga.

Biroq bunday vaziyatda makiyajning tartibsiz ko‘rinishi xavfi yuqori. Tonal krem quruq teriga singimaydi, yog‘li terida esa yaltirab qoladi. Agar boshidanoq hammasi puchga chiqishini xohlamasangiz, yuzni makiyaj uchun tayyorlang.

O‘ta qalin makiyaj

Yozgi makiyajda terining sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan aniq xatolardan biri ham shu. Issiq kunlarda teri uchun og‘ir bo‘lmagan yorqin makiyajda BB va CC kremlaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Teri kamchiliklarini qoplaydigan muammoli joylarda konsilerni me’yorda qo‘llagan ma’qul, buning natijasida makiyaj kun davomida yangidek ko‘rinadi va bo‘yalib ketmaydi.

Bundan tashqari, tabiiy rangdan ancha quyuqroq bo‘lgan tonal kremni ishlatmaslik kerak. Aks holda ranglar orasidagi farq tufayli makiyaj go‘yoki niqobga o‘xshab qoladi va bu tashqaridan juda xunuk ko‘rinadi.

Upa bilan ortiqcha ishlash

Ko‘rinishidan, bu ham yozda ko‘p uchraydigan xato. Haroratning ko‘tarilishi tufayli yuz terisi terlaydi, yog‘ ajraladi va, albatta, uni upa yordamida bartaraf etish mumkin, deb o‘ylash mumkin. Biroq bir necha sabablarga ko‘ra ushbu tanlovdan voz kechish tavsiya etiladi.

Birinchidan, agar teri odatda yog‘ va tiqilib qolgan teshiklarga moyil bo‘lsa, ko‘p miqdorda upa makiyajga qo‘shimcha qatlam qo‘shadi, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin.

Agar yuz terisiga ko‘proq upa surtilsa, termal suv vaziyatni saqlab qolishga yordam beradi. Ko‘pincha, kosmetik brendlarda olib ketish uchun qulay bo‘lgan mahsulotlarni topish mumkin.  Termal suv upaning yuzga ta’sirini yo‘q qiladi, shuningdek, kosmetika zarralariga kirib, yuz terisini qo‘shimcha ravishda namlaydi, bu issiq yoz kunida juda foydali.

Uzoq vaqt davomida yangilanmaydigan makiyaj

Albatta, mavsumdan qat’i nazar, makiyaj bilan uzoq vaqt yurish zararli, ayniqsa, yozda juda ham xavflidir. Chunki yuqori harorat zararli mikroorganizmlarning ko‘payishi uchun qulay muhit sanaladi. Yana bir kamchilik — yozda terlash faollashib, uzoq vaqt davomida yangilanmagan makiyaj bilan birgalikda terining sog‘lig‘iga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!