Bosh sahifaMaslahatlarMurabbo tayyorlashda bilib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim jihatlar

Murabbo tayyorlashda bilib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim jihatlar


Yoz mavsumida bekajonlar turli mevalardan mazali murabbolar tayyorlaydi. Albatta, sovuq havoda murabboni non bilan yoki issiq choyga qo‘shib ichish o‘zgacha zavq bag‘ishlashi bilan birga, sog‘liq uchun ham foydaning konidir. “Noviy ochag” nashri murabboni maromiga yetkazib tayyorlash sirlari bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”
  • Meva yoki rezavorlar dastlab yaxshilab yuviladi. Quritish uchun ularni toza mato ustiga qo‘yish kerak.
  • Chirigan, qurt tushgan yoki shunga o‘xshash eskirgan mevalar murabboga qo‘shilmasligi kerak. Biroz ezilganlaridan kesib tashlab, foydalanish mumkin. Ammo kompot uchun faqat yangi va qattiq mevalarni tanlash zarur.
  • Meva yoki rezavorlar po‘choq, barg ham mavjud bo‘lsa danagidan ajatiladi.
  • Murabbo uchun saralangan mahsulotlar alohida idishga joylashtiriladi.
  • Rezavor yoki mevalarga shakar solinadi — 1 kilogramm meva uchum 1 kilogramm shakar. Barcha mahsulot shakar bilan qoplanishi uchun idish silkitiladi va bir kechaga qoldiriladi. Qo‘l yoki boshqa vosita bilan aralashtirilsa, mahsulot ezilib ketishi mumkin.
  • Birinchi qaynatishda mevalarning suvi chiqib, sharbati qaynaguncha kutiladi va aylanma harakat bilan aralashtiriladi. Ustida hosil bo‘lgan ko‘pik suzib olinadi. Murabbo 5-10 daqiqa davomida qaynagach, to‘liq sovitishga qo‘yiladi.
  • Ba’zan murabboni 3-4 marotaba takror pishirishga to‘g‘ri keladi. Qachonki, murabbo sharbati sinovdan o‘tmaguncha. Buning uchun murabbo siropi sovuq idishga bir tomchi quyiladi. Agar sharbat tomchisi oqmasdan, o‘z shaklini o‘zgartirmay tursa, demak murabbo tayyor.
  • Sterillangan bankalarga tayyor bo‘lgan issiq murabbo quyiladi, sterillangan qopqoqlar bilan yopilib, teskari tomonga ag‘darib qo‘yiladi. So‘ngra usti qalin mato bilan o‘raladi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!