Bosh sahifaGoʼzallikKo‘z ostidagi shishlardan xalos bo‘lishning 13 usuli 

Ko‘z ostidagi shishlardan xalos bo‘lishning 13 usuli 


Dermatologlarning fikriga ko‘ra, 14 yoshdan boshlab ko‘z atrofiga namlantiruvchi krem qo‘llashni boshlash kerak. Ammo deyarli hech kim bunga amal qilmaydi. Wday nashri ko‘z ostidagi shish va qora dog‘lardan tezda xalos bo‘lishning 13 ta usuli bilan bo‘lishdi.

Foto: Pinterest
  • Kechasi ko‘p suv ichish tavsiya etilmaydi, bu, albatta, shish paydo bo‘lishiga olib keladi.
  • Ko‘z ostidagi shish va dog‘larning asosiy sabablaridan biri uyqusizlikdir. Kechasi kamida sakkiz soat, qorong‘i xonada televizor va musiqasiz uxlab olishga harakat qilish lozim.
  • Ko‘pincha qora dog‘lar C vitamini yetishmasligi tufayli paydo bo‘ladi. Uning o‘rni ertalab yangi siqilgan sharbat va askorbin kislotasi bilan qoplanishi mumkin.
  • Ko‘pchilik ertalab ko‘z ostidagi qora dog‘ va shishni muz bo‘laklari bartaraf etishi mumkinligini biladi. Shuningdek, mineral suv va moychechak damlamasidan ham foydalanish mumkin, bu vosita nafaqat kosmetik maqsadlarda, balki uyg‘onishda ham yordam beradi.
  •  Agar qo‘lda bodring bo‘lmasa nima qilish kerak? Buning uchun xom kartoshka dumaloq shaklda to‘g‘raladi va ko‘zga 20-25 daqiqaga qo‘yiladi. Kartoshka ham muammoni bartaraf etishga yordam beradi.
  • Agar ko‘zga sabzavot qo‘yish yoqimsiz bo‘lsa, gel yoki matoli patchni sinab ko‘rish kerak. Patchlarni ko‘z ustiga yarim soatga qo‘yish mumkin. Agar protsedura kamida haftasiga bir marta takrorlansa, uning ijobiy ta’sirini darhol sezish mumkin.
  • Ko‘z atrofi uchun maxsus krem, gel va zardoblardan foydalanish mumkin. Bu nafaqat mahsulotni bir tekisda qo‘llashga, balki muzlatkichda saqlansa, terining sovishiga yordam beradi.
  • Ko‘z uchun mo‘ljallangan kremdan foydalanish uchun bir nechta qoidalarni esga olish lozim. Shishni qo‘zg‘atmaslik uchun uni ko‘z qovog‘iga emas, balki orbital suyak bo‘ylab surtish kerak.
  • Sovitilgan, yupqa to‘g‘ralgan bodring ko‘z atrofi shishi va dog‘laridan xalos bo‘lishning eng mashhur vositasidir.
  • Ertalab go‘zallik muolajalariga vaqtingiz yo‘qmi? Qahva o‘rniga choy iching va choy paketini bir necha daqiqaga ko‘zga qo‘ying. Bu muolaja boshqa ko‘z kasalliklarini davolashda ham samaralidir.
  • Taqdim etilgan vositalardan hech biri yordam bermasa, ko‘z ostiga konsiler surtib, shifokorga murojaat qilishga shoshilish kerak. Chunki ko‘z osti shishi turli kasalliklarning natijasi bo‘lishi mumkin.
  • Agar ko‘z ostidagi dog‘lar insonga butun umri davomida hamroh bo‘lsa, unda ularni gialuron kislotasi yoki kosmetik mahsulotlar bilan niqoblash tavsiya etiladi.
Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!