Bosh sahifaSalomatlikYeryong‘oq pastasini ratsionga kiritish uchun 4 ta sabab

Yeryong‘oq pastasini ratsionga kiritish uchun 4 ta sabab


Birinchidan, yeryong‘oq pastasi ajoyib ta’mga ega. Ikkinchidan, u salomatlik uchun foydaning konidir. “Noviy ochag” nashri yeryong‘oq pastasini ratsionga kiritish uchun 4 ta sababni ma’lum qildi.

Foto: “Noviy ochag”

Yong‘oq pastasi shunchalik sevimli yegulikki, hatto uning o‘z bayrami ham bor  (milliy yeryong‘oq pastasi kuni). U o‘zining yong‘oqli ta’mi bilan taomlarni mukammal tarzda to‘ldirishidan tashqari, sog‘liqqa ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi

Foto: “Noviy ochag”

To‘yinmagan yog‘lar va antioksidantlarning, jumladan E vitaminining  kombinatsiyasi bilan yeryong‘oq pastasini muntazam iste’mol qilish yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi va kognitiv pasayish hamda Alsgeymer kasalligi kabi bir qator boshqa surunkali kasalliklardan himoya qiladi.

Vazn kamaytirishga yordam beradi

Kletchatka va oqsilning munosib kombinatsiyasini iste’mol qilish kun davomida ishtahani bostirish uchun juda muhimdir. Yerong‘oq pastasida ikkalasi ham bor. Darhaqiqat, o‘simlikka asoslangan oqsil, kletchatka va to‘yinmagan yog‘larning ozuqaviy aralashmasi vazn kamaytirishga yordam beradi.

Foto: “Noviy ochag”

Biroq ushbu pastani yaxshi ko‘radiganlar haddan tashqari ko‘p iste’mol qilib yuborishi juda oson. Xavf tug‘dirmaslik uchun bir osh qoshiqni (taxminan 100 kaloriya) o‘lchab, ustiga to‘g‘ralgan meva va sabzavotlar qo‘shish mumkin.

Immunitetni kuchaytiruvchi tabiiy vositadir

Yeryong‘oq pastasi metabolizmda muhim rol o‘ynaydigan B vitamini niatsin kabi muhim vitaminlar va minerallarga, shuningdek, mushaklarning ishlashiga hamda qon bosimini tartibga solishga yordam beradigan magniy va kaliyga boy.

Foto: “Noviy ochag”

Bundan tashqari, pasta selen va ruxni o‘z ichiga oladi, bu immunitet tizimiga ham hissa qo‘shadi. Rux hujayra funksiyasi uchun ham zarurdir. Agar organizmda selen yetishmovchiligi bo‘lsa, saratonning bir nechta turlarini, jumladan, ko‘krak va o‘pka saratonini rivojlanish xavfini oshishi mumkin. Shuning uchun ham yeryong‘oq pastasini ratsionga qo‘shish tavsiya etiladi.

Yeryong‘oq pastasi barcha mahsulot bilan iste’mol qilinadi

Bu pasta sendvichlarning asosiy tarkibiy qismi bo‘lsa-da, ko‘pchilik uning foydalaridan bexabar. Uni smuzi va souslarga qo‘shish mumkin, shuningdek, meva, kraker va boshqa gazaklar uchun nachinka sifatida ham foydalaniladi.

Foto: “Noviy ochag”

Bundan tashqari, yeryong‘oq pastasi turli xil o‘simlik yog‘larning mazali va to‘yimli muqobili hisoblanadi, qolaversa, taomga sharqona lazzat qo‘shadi.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!