Bosh sahifaGoʼzallikTush tanlashda ahamiyat berish kerak bo‘lgan 5 ta jihat

Tush tanlashda ahamiyat berish kerak bo‘lgan 5 ta jihat


Tush cho‘tkalari nima uchun turlicha bo‘lishi va oddiy tushlar suvga chidamlisidan nimasi bilan farq qilishi hammaga ham ma’lum emas. “Noviy ochag” nashri ayollarning sevimli kosmetik mahsuloti — tush tanlashda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan muhim belgilar haqda so‘z yuritdi.

Foto: “Noviy ochag”

Tushning kipriklarga mos keladiganini topish ham lotereyada chiqqan yutuqqa o‘xshaydi. U kipriklarni uzaytirishi, qayirishi hamda hajm ham qo‘shishi kerak. Lekin bu hammasi emas, tush sotib olayotganda nimalarga e’tibor berish kerakligini vizajist Kamila Belova ma’lum qildi.

Tush cho‘tkasi

  • E’tibor berish kerak bo‘lgan birinchi narsa, albatta, cho‘tkadir, chunki bu tush qanday qo‘llanilishini va uni kipriklarga qanday ta’sir ko‘rsatishini belgilaydi.
  • Ingichka cho‘tka har bir kiprikni hatto ko‘zlarning burchakdagilarini ham bo‘yashga qodir. Pastki kipriklar uchun esa ayni muddao.
  • Agar cho‘tka qum soati shaklida bo‘lsa, unda bu ziyofatlar uchun mo‘ljallangan makiyajda qo‘l kelishi mumkin: u kipriklarni ko‘taradi va ularning qalin ko‘rinish bilan ta’minlaydi.
  • Konussimon cho‘tka tor uchi tufayli ko‘zlarning burchaklaridagi kipriklarni mukammal bo‘yaydi.
  • Spiral shaklidagi cho‘tka kipriklarning qalinligi bilan maqtana olmaydiganlar uchun yaxshi tanlov.
  • Agar cho‘tka egri bo‘lsa, u kipriklarga hajm beradi va ularga qayrilgan ko‘rinish beradi.
  • Qalin cho‘tka yordamida super hajmli kipriklarga erishish mumkin.
Tekstura

Kosmetik mahsulotning mustahkamligi quyuq kremga o‘xshash bo‘lishi kerak. Mahsulot tarkibida bo‘laklarning mavjudligi tush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, uni kipriklarga surtish qiyin va surtilgandan keyin parchalana boshlaydi.

Tarkib

Yaxshi mahsulot hajm qo‘shish uchun silikon va minerallardan tashqari, uzaytirish uchun mikrofiber tolalar (neylon yoki ipak), kipriklarni qayrish uchun qatronlar, shuningdek, foydali moddalarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • keratin — elastiklikni oshiradi;
  • kastor yog‘i — g‘amxo‘rlik qiladi, kipriklarning o‘sishi va yangilanishiga yordam beradi;
  • jojoba yog‘i — oziqlantiradi;
  • asal mumi — porloqlik bilan ta’minlaydi;
  • kerosin — suv o‘tkazmaydi.
Sifat

Qoidaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotiga 1-3 yil kafolat beradi. Ammo agar tush, masalan, do‘konda biron sababga ko‘ra vijdonsiz xaridorlar tomonidan ochilgan bo‘lsa, unda uning saqlash muddati keskin 3-6 oygacha kamayadi. Naycha ichiga kiradigan havo uning qurib ketishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun, foydalanuvchining qo‘li tegmagan mahsulotni sotib olish juda muhimdir. Ba’zi do‘konlar bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun tush idishini lentalar bilan muhrlab qo‘yadi — bu juda to‘g‘ri qaror bo‘lib, hech kim uni ochmasligini ta’minlaydi.

Suv o‘tkazmaydiganmi yoki oddiy tush?

Suv o‘tkazmaydigan tush har qanday yomon ob-havoda, shu jumladan issiqda ham oqib ketmaslikka yordam beradi, ammo bunday tushni yuvish uchun ko‘proq vaqt sarflash va maxsus vositaga murojaat kerak. Shu bilan birga, oddiy tushlar linzadan foydalanadiganlar uchun ko‘proq mos keladi, chunki u kechqurun ko‘zning qizarishiga olib kelmaydi.

Suv o‘tkazmaydigan tush tarkibida silikon, paraben va mineral mum borligi sababli kosmetologlar uni tez-tez ishlatishni maslahat bermaydi, chunki doimiy foydalanish allergiyaga olib kelishi va ko‘zning ta’sirchanligini oshirishi mumkin.

Hovuz va dengizga sayohatlar uchun ideal bo‘lgan suv o‘tkazmaydigan tush o‘rniga namlikka chidamli tushdan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday variantlarni bugungi kunda maxsus do‘konlardan topish mumkin.

Kontakt linzalar foydalanadiganlar uchun esa oftalmologlar tomonidan sinovdan o‘tgan tush tavsiya qilinadi. Bunday variantlarni dorixona yoki professional kosmetika ishlab chiqaradigan brendlardan topish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!