Bosh sahifaSalomatlikPolikistoz: har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 8 ta alomat

Polikistoz: har bir ayol bilishi kerak bo‘lgan 8 ta alomat


Polikistoz tuxumdon sindromi qandli diabet, yurak kasalligi, depressiya va demensiya xavfini oshiradi, shuningdek, uni aniqlash oson emas. “Noviy ochag” nashri ayollar bilib qo‘yishi kerak bo‘lgan ushbu kasallikning 8 ta alomati bilan tanishtirdi.

Foto: Pinterest

Polikistoz — ayollar bepushtligining eng keng tarqalgan sabablaridan biridir, qolaversa, u umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiluvchi ba’zi xavfli kasalliklar xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Polikistoz nima va nima uchun xavfli?

Polikistoz tuxumdon sindromi — bu kamida har ikkinchi katta yoshli ayolda kuzatilishi mumkin bo‘lgan kasallik. Ushbu kasallikda tuxumdonlarda odatdagidan bir yarim-ikki baravar ko‘proq follikulalar hosil bo‘ladi, ammo ovulyatsiya sodir bo‘lmaydi. Odatda, ayollarda 10-15 follikula bo‘ladi, ammo polikstoz bilan kasallangan ayollarda 20, 40 yoki undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Polikistoz tuxumdon sindromi bo‘lgan ayollarda tuxum follikuladan chiqarilmaydi va ular kistalarga aylanadi.

Hozirgi vaqtda tashxis qo‘yish uchun bemorda uchta simptomdan ikkitasi bo‘lishi kerak, deb hisoblanadi: tartibsiz hayz ko‘rish, erkaklik gormonlari darajasining ko‘tarilishi va tuxumdon kistalarining mavjudligi. Biroq ko‘p ayollar ushbu kasallik bilan yashaydi va hatto buni bilmaydi ham. Agar kamida quyidagi belgilar mavjud bo‘lsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Hayz davrining tartibsizligi

Erkaklik gormonlari (birinchi navbatda testosteron) darajasining oshishi tufayli tuxumdonlarning faoliyati sekinlashadi va ovulyatsiya sodir bo‘lmaydi. Shu sababli, keyingi hayz ko‘rish tartibsiz yoki umuman kuzatilmasligi mumkin. Agar sikl boshidanoq tartibsiz bo‘lsa shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik bilan bog‘liq muammolar

Agar ma’lum muddat davomidagi muntazam urinishlar natija bermagan bo‘lsa, polikstoz bor yoki yo‘qligini aniq tekshirish kerak: bu ayollarning bepushtligining eng keng tarqalgan tibbiy sabablaridan biridir. Bundan tashqari, polikistoz bilan ovulyatsiya testlari noto‘g‘ri natijalarni ko‘rsatishi mumkin, bu ham homilador bo‘lishga urinishni qiyinlashtiradi. Shifokorga o‘z vaqtida murojaat qilish muammoni bartaraf etishga yordam berishi mumkin.

Soch bilan bog‘liq o‘zgarishlar

Polikistoz tuxumdonlar paydo bo‘lgan ayollarda sochlar tez-tez to‘kiladi, lekin yuz sohasida tuklar, aksincha, faol o‘sadi. Girsutizm — erkak tipidagi soch o‘sishi, yuz, qorin, bel va oyoq barmoqlarida ko‘p miqdorda qora tuklar erkak gormonlari darajasining oshishi tufayli rivojlanadi.

Hunsbuzar va boshqa teri muammolari

Erkak gormonlarining haddan tashqari ko‘pligi sabab bo‘lgan yana bir muammo — bu yog‘ ishlab chiqarishning ko‘payishi. Bu yuz va bosh terisida qazg‘oq, husnbuzar va boshqa muammolarga olib keladi.

Vazn ortishi

Polikstoz ko‘pincha ikkita gormonga, insulin va leptinga qarshilikni rivojlantiradi. Birinchisi, organizmda tezroq yog‘ to‘planishiga yordam beradi, ikkinchisi esa to‘qlik va ochlik hissi uchun javobgardir. Agar vazn ortgan bo‘lsa, ayniqsa bel atrofida yog‘ to‘plangan bo‘lsa, insulin darajasini tekshirish, shuningdek, mumkin bo‘lgan polikstoz haqida shifokorga murojaat qilish mumkin.

Uyqu bilan bog‘liq muammolar

Polikstoz uyqu paytida 10-20 soniya davomida nafas olishni to‘xtatadigan kasallik bo‘lib, u bilan yashovchi ayollarda tez-tez rivojlanadigan holat. Agar tunda hurrak otish sezila boshlasa, shuningdek, uyquda boshqa alomatlar ham kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Tuxumdon kistalari

Ajablanarlisi shundaki, polikistozda tuxumdonlarda kistalar har doim ham shakllanmaydi. Aslida, ular yorilmagan yoki rivojlanmagan follikulardir, ammo keksa ayollarda bu alomat umuman bo‘lmasligi mumkin.

Depressiya

Human Reproduction jurnalida chop etilgan tadqiqot polikistoz belgilari bo‘lgan ayollarda nazorat guruhiga qaraganda yuqori darajadagi hissiy stressni aniqladi. Depressiya, vahimaga tushish va bipolyar depressiya kabi psixologik muammolar ko‘pincha polikistoz bilan birga keladi va uning belgilaridan biri bo‘lishi mumkin. Polikistoz bilan og‘rigan ayollarda tez-tez uchraydigan yuqori kortizol ushbu psixologik muammolarning barchasini qo‘zg‘atuvchi omil bo‘lishi mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi?
Matnni tanlang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing
Izohlar
Izohning minimal uzunligi 50 belgidan iborat. sharhlar moderatsiya qilinadi
Hozircha izohlar yo‘q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin!